Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Kalkulyatsiya obyekti bu, korxonalarda tayyorlangan ayrim
mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, biron-bir buyurtma turi yoki
bajariladigan xizmat turlaridan iborat. Korxona uchun kalkulyatsiya
obyektining ro‘yxati avvaldan ishlab chiqiladi va mutasaddi xodimlar
tomonidan tasdiqlanadi. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya qilinishni
tashkil qilishda kalkulyatsiya birligini to‘g‘ri tanlash ham katta ahami-
yatga ega.
6.3. ASOSIY ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINING
TARKIBI, ULARNING HISOBI VA MAHSULOT
TANNARXIGA O‘TKAZISH TARTIBI.
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga mahsulot ishlab chiqarish
texnologik jarayoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq xarajatlar kiradi.
Mahhulot tannarxiga qo‘shiladigan 2000-«Asosiy ishlab chiqarish»
schotidagi xarajatlar quyidagi subschyotlar bo‘yicha hisob qilinadi.
1. Material xarajatlari.
2. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari.
3. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratma xarajatlari.
4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.


113
5. Boshqa xarajatlar.
Bu muomalalarni amalga oshirilishi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.
D 2010 K
D 1010-1040 K
D 1090 K
D 6710,6520 K
D 2810 K
D 0230,0510 K
D 2310 K
D 2510 K
6.4. UMUMISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI TARKIBI,
ULARNI HISOBGA OLISH VA MAHSULOT TANNARXIGA
O‘TKAZISH TARTIBI
Umumishlab chiqarish xarajatlari – bu asosiy va yordamchi ishlab
chiqarish sexlarini boshqarish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish
bilan bog‘liq xarajatlardir. Ularga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi
Nizom»ga muvofiq «Ich xarakteridagi asosiy fondlar va nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi», ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar
kiradi.
Umumishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisob 25 va «Umum-
ishlab chiqarish xarajatlari» schyotida yuritiladi. Bu schyotdan korxona-
ning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarida xizmat ko‘rsatish sarflari
haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Umum-
ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi hisob-kitobning jurnal
order shaklini qo‘llovchi korxonalarda xarajat moddalari bo‘yicha 12
vedomostda yuritilib, har bir sex uchun alohida ochiladi. Vedomostning
oylik jami summasi 10-jurnal orderga ko‘chiriladi.
Hisobot oyi davomida umumishlab chiqarish xarajatlari summasiga
«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotining debeti quyidagi schyotlar
krediti bilan korrespondensiyalanadi:
materiallar xarajatlari
ish haqi, ijtimoiy
sug‘urta xarajatlari
eskirish hisoblandi
yordamchi ishlab
chiqarish xarajatlari
umum ishlab chiqarish
xarajatlari
chiqindi materiallari
kirimga olindi
tayyor mahsulot kirimga
olindi









114
D 1010,1050,1090 K
D 2510 K
Materiallar sarflandi
D 5010 K
pul mablag‘lari sarflandi
D 6710 K
mehnat haqi hisoblandi
D 6520 K
Ijtimoiy sug‘urta va pensiya fondiga ajratmalar.
Hisobot oyi oxirida «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyoti
quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan yopiladi.
D 2510 K
D 2010 K
Tayyor mahsulotlarning tannarxga o‘tkazilishi
D 2310 K
Ish va xizmatlarning tannarxga o‘tkazilishi
D 2610 K
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatishga doir
xarajatlarga kiritilishi
Umumishlab chiqarish xarakterlari deganda mahsulotning ayrim
turlari o‘rtasida bir necha xil usulda taqsimlash tushuniladi. Shulardan
eng ko‘p qo‘llanilayotgani bu ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchi-
larning asosiy ish haqiga mutanosib ravishda taqsimlash usulidir.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin