112
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita
mehnat haqi xarajatlari;
c) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chi-
qarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar):
a) mahsulot sotish xarajatlari;
b) ma’muriy
yoki boshqaruv xarajatlari;
c) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:
a) foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valuta bilan operatsiyalar bo‘yicha kurslardagi salbiy
farqlar;
c) qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni
qayta baholash
natijasidagi zararlar;
d) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq
to‘lagunga qadar foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: