Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Buyurtmali usulning mohiyati shundan iboratki, bunda hamma
asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha har bir ishlab chiqarish


121
buyurtmasi bo‘yicha alohida hisob qilinadi. Kalkulyatsiya qilishning bu
usulida xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim ishlab
chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning haqiqiy tannarxi
buyurtma tayyor bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi.
Normativ usuli – asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik
tarmog‘i bo‘lgan mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash kor-
xonalarida qo‘llaniladi. Kalkulyatsiyalashning boshqa usullari kabi bu
usulda ham korxonada omborlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni zarur
asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga
sarflash bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish ustidan
nazorat qilish, hisob ishlarini bajarishda hisoblash mashinalaridan keng
foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Mahsulotning haqiqiy tannarxi normativ tannarxga me’yordan chetga
chiqish va me’yordagi o‘zgarishni qo‘shish yoki ayirish yo‘li bilan
aniqlanadi.
MAVZU BO‘LIMLARI YUZASIDAN
NAZORAT SAVOLLARI
1. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deb nimaga aytiiladi?
2. Mahsulot tannarxini aniqlashning zaruriyati nimada?
3. Xarajatlar qanday turkumlanadi?
4. Ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki va yig‘ma hisobi deganda nimani
tushunasiz?
5. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning qanday usullari mavjud?
6. Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari buxgalteriya hisobida qanday
tartibda aks ettiriladi?
7. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot deb nimaga aytiladi?
8. Kelgusi davr xarajatlarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning xususiyatlari
nimalardan iborat?
9. Tugallanmagan ishlab chiqarish deb nimaga aytiladi?
10. Tugallanmagan ishlab chiqarishni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida hisobga
olishning xususiyatlari nimalardan iborat?

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin