125
VII BOLIM
QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARIDA
BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI
7.1. QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARIDA ISHLAB
CHIQARISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA
BUXGALTERIYA HISOBINING VAZIFALARI
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmog‘i o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lib,
bir tomondan tabiiy omillar, ikkinchi tomondan ijtimoiy
omillar bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining oziga
xosligi, avvalo, ishlab chiqarish protsessi
yoki jonli organizmlar bilan
bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish sikli uzoq davom etadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy vazifasi aholiga oziq-
ovqat, sanoat tarmoqlari uchun xomashyo yetishtirib berishdan iborat.
Qishloq xo‘jaligi uchta asosiy tarmoqqa bo‘linadi: dehqonchilik,
chorvachilik, sanoat ishlab chiqarish.
Bundan tashqari qishloq xo‘jali-
gini rivojlantirish uchun fermerda yordamchi xo‘jaliklar tashkil qilinadi.
Qurilish bo‘limi, suv bilan ta’minlash
stantsiyasi, mashina-traktor parki
va hokazolar.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yetishtirilgan mahsulotni qayta
ishlash uchun sanoat tipidagi korxonalar tashkil qilinadi. Bularga, sutni
qayta ishlash, go‘shtni,
unni qayta ishlash, paxta tozalash va hokazolar
kiradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari
quyidagilardan iorat:
1. Qishloq xo‘jaligi korxonasiga mo‘ljallangan
topshiriqning bajari-
lishini nazorat qilish.
2. Qishloq xo‘jaligi zaxiralari, texnikasi va mahsulotlarini saqlash
va ulardan foydalanishni nazorat qilish.
3. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari chiqimi va kirimini o‘z
vaqtida
hisobga olish.
4. Ishlab chiqarish xarajatlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
tannarxini to‘g‘ri kalkulyatsiya qilish.
5. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining moliyaviy natijalarini
aniqlash.
126
6. Buxgalteriya hisobi ishlarining ilg‘or usullarini qo‘llash.
7. Davriy va yillik hisobotlarini o‘z
vaqtida aniq, to‘g‘ri tuzish va
topshirish.
Dostları ilə paylaş: