155
benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar
mahsuloti tushuniladi.
Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga
jo‘natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan
yo‘ldagi mahsulotga aytiladi.
Mas’ul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga
jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xari-
dorning talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan,
ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari
borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib
olish uchun qabul qilinmay
qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z
javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga
xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul
qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmada
qo‘yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmada
qo‘yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi
kerak bo‘lgan mahsulotlardir.
9.2. TAYYOR MAHSULOTNI BAHOLASH
VA UNING NOMENKLATURASI
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum
bir qiymatda baholanadi va
sotiladi.
Baho – qiymatning puldagi ifodasi. Uning asosini u yoki bu
mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning sotish qiymatini belgilashda
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. 4-sonli
BHMAning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda
baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida.
Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tan-
narxini aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har
kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan mahsulotni joriy hisobda shartli
baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning tezkor
hisobi ishlab chiqarish
reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda
yuritiladi.
Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21–22-
bandlar) tartibi quyidagicha bayon qilingan:
Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda
156
foydalanadigan boshqa xomashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot
bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past narxda arzon-
lashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan
narxdagi materialdan
tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib
ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday
vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning mavjud shakllaridagi
eng yaxshisi bo‘lishi mumkin.
Sotishning sof qiymati – ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni
sotish bilan bog‘liq bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda
TMZni sotishning hisob-kitob narxi sanaladi.
Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq,
agar korxona
ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki
bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini
sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda
tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin:
a) zaxiralarni sotish narxi arzonlashganda;
b) zaxiralarga zarar yetganda;
d) zaxiralar to‘la va qisman eskirganda.
Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy
tannarxini hisobot davri
yakunida tartibga solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida
aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan belgilanadi. Hisobot davri oxirida
haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘i-
shishlar ham shu schyotlarda tejalgan bo‘lsa – qizil storno usulida,
ortiqcha xarajat bo‘lsa – oddiy siyohda aks ettiriladi.
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona
tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati –
nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida
tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu
korxonada ishlab chiqa-
riladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum
belgilari yotadi. Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi
belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka va hokazo. Har bir mahsulot
turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat
bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi
xizmatlarida foydalaniladi:
– dispetcherlik xizmati turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining
bajarilishini nazorat qiladi;
– sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot
assortimentini qilishda, omborga
tayyor mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi;
157
– marketing bo‘limi – jo‘natish bo‘limi shartnomalarini bajarish
imkoniyatlarini nazorat qilish uchun;
– buxgalteriya – tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda
umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: