29
Har bir korxona va firma xorij valutasida pul mablag‘lariga ega
bo‘lishi va muomalalarni amalga oshirishi mumkin. Xorij valutasida
muomalalarni amalga oshirish uchun korxona va firmalar tegishli
vakolatga ega bo‘lgan banklarda joriy valuta
schyotlarini ochishlari
lozim. Ushbu banklar esa valutadagi muomalalarni amalga oshirish uchun
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki tomonidan beriladigan
ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishi kerak. Ushbu litsenziyaga ega
bo‘lgan banklarning ro‘yxati Markaziy Bankning davriy bulletenida chop
qilib boriladi.
Valuta schyotini ochish uchun korxona
bankka quyidagi hujjatlarni
taqdim qiladi:
–
valuta schyotini ochish to‘g‘risida belgilangan shakldagi ariza;
–
ustav va ta’sis shartnomasining notarial tartibda tasdiqlangan
nusxasi;
–
korxona tuzilganligi yoki ro‘yxatga olinganligi haqidagi qarorning
notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
–
korxona ro‘yxatga olingan joydagi soliq
inspeksiyasi va pensiya
fondida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
–
imzolar namunalari va muhr izi tushirilgan, notarial tartibda
tasdiqlangan varaqcha (kartochka);
Korxonaning valuta schyotlariga quyidagi manbalardan pul kelib
tushadi:
–
eksport tovarlariga haq to‘lash uchun vakolatli banklar orqali chet
eldan o‘tkazilgan
summalar;
–
schyotlar egasidan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini
to‘lash uchun boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar,
transport, sug‘urta va boshqa tashkilotlar)ning valuta schotlaridan
o‘tkazilgan summalar;
–
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Banki tomonidan ruxsat
etilgan boshqa manbalar.
Valuta schyotidan mablag‘lar uning egasi ko‘rsatmasi bo‘yicha
quyidagi maqsadlarga foydalanishi mumkin:
–
schyot egasining eksport-import muomalalari bo‘yicha qabul
qilingan bank shaklida chet elga o‘tkazilishi;
–
keyinchalik import qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini
to‘lash uchun chet elga o‘tkazish maqsadida vakolatli bank mijozlari
hisoblangan tashqi iqtisodiy tashkilotlarning schyotlariga o‘tkazilishi;
–
korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar haqini to‘lash uchun
30
boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug‘urta
va boshqa tashkilotlar)ning valuta schyotlaridan o‘tkazilishi;
–
bankning vositachilik haqini to‘lash maqsadida bankdan xorijiy
valutada olingan kreditlar bo‘yicha qarzni, pochta-telegraf, xizmat safari
xarajatlarini to‘lash, valuta bozorlarida sotish uchun foydalanilishi;
–
qonun ruxsat etgan boshqa maqsadlar
uchun foydalanilishi
mumkin.
Valuta schyoti ochilgandan keyin bank va shaxs o‘rtasida shartnoma
tuzilib unda hisoblashish-kassa xizmatlari, bankning boshqa xizmat
turlari, ta’riflar, xizmat ko‘rsatish haqi, mablag‘larni joylashtirish
shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari va boshqalar ko‘rsatiladi.
5200-«Valuta schyotidagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi
schyotlar» kredit ma’lumotlari 2/1-jurnal orderda yozib boriladi va ushbu
schyotning debet summalari 2/1-vedomost orqali nazorat qilib boriladi.
Demak,
5200-«Valuta schyotining» debetida valuta mablag‘larining
kirimi, kreditida esa sarflanishi aks ettiriladi. Buni quyidagi misollarda
ko‘rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: