25
To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur
bank muassasasi talabnomani olgan kundan so‘ng 3 kun davomida,
talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda,
akseptdan voz
kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega.
Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga binoan bank muassasasi
rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar
schyotlaridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning
quyidagi hollarida qo‘llanadi: budjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar,
jarimalarni undirishda va mablag‘larni hisobdan o‘chirishning so‘zsiz
tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning
farmoyishlari
bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha.
Mablag‘larni schyotlardan so‘zsiz tartibda hisobdan o‘chirish
undiruvchilarning to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim
etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Mijoz (korxona)
chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi
bank muassasasidan oladi. Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar,
kasallik
varaqasi bo‘yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo‘jalik
xarajatlari uchun naqd pullarni bank cheki asosida korxonaning hisob-
kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan
naqd pul summasini berish to‘g‘risida
bankka bergan farmoyishidan
iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa,
chek berilgan vaqt, oluvchining nomi,
shuningdek, olingan summaning
nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: