23
Ular korxona xodimlari bo‘lib ma’muriy xo‘jalik muomalalarini amalga
oshirish va xizmat safariga borish uchun kassadan naqd pul oladilar. Bu
shaxslarning ro‘yxati rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Xo‘jalik sarflari uchun ishlatiladigan
naqd pullar korxonaning
tasdiqlangan chegara (smeta) summasida, xizmat
safari sarfi esa buyruqqa
asosan safar guvohnomasi ko‘rsatilib, hisoblangan summada borish-
kelish yo‘l
xarajatlari, kunlik sarflari, tunash xarajatlari ko‘rsatiladi.
Bu sarflarning maqsadga muvofiqligi
yuqori mansabdor shaxslar
tomonidan tasdiqlanadi. Hisobdor shaxslar muomala sodir bo‘lgandan
keyin 3 kun ichida hisobot tuzishlari lozim. Qoldiq summalari kassaga
topshiriladi, ortiqcha sarf qilingan bo‘lsa, kassadan farq summa beriladi.
Agarda shaxslar o‘z
vaqtida hisobot bermasalar, bu summalar ularning
ish haqidan ushlab qolinadi.
Dostları ilə paylaş: