Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi
narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temiryo‘l, suv,
avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir.
Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki
ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan
vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengil-
lashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar
idishlari kiradi.
Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda
zarur bo‘lgan mehnat vositalaridir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot,
ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks
ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va
yoshidan qat’i nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan
asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.


68
4.2. ASOSIY VOSITALARNING BAHOLANISHI VA
HISOB VAZIFALARI
Asosiy vositalar harakatdagi, zaxiradagi va foydalanilmaydigan
obyektlarga u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtayi nazaridan kor-
xonaning o‘ziga qarashli va ijaraga olingan obyektlarda bo‘ladi.
Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo‘lib ularni
baholash yagona prinsipi hisoblanadi. Asosiy vositalar to‘rt xil
baholanadi: (5-BHMA 11–14-bandlari).
1. Dastlabki qiymati.
2. Tiklash qiymati.
3. Qoldiq qiymati.
4. Tugatish qiymati.
Obyektlarning dastlabki qiymati – bu asosiy vositalarni qurish
yoki sotib olish boyicha qilingan haqiqiy xarajatlar yig‘indisidir. Bunga
to‘langan soliqlar, to‘lovlar, keltirish va montaj qilish, o‘rnatish, foyda-
lanishga topshirish va boshqa xarajatlar kiradi.
Tiklash qiymati – asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish qiyma-
tidan, ya’ni ularni ma’lum muddatga harakatdagi bozor baholari bo‘yicha
qurish yoki sotib olishdan iborat.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin