65
IV BO‘lIM
ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY
AKTIVLAR HISOBI
4.1. ASOSIY VOSITALARNING IQTISODIY MAZMUNI
HAMDA ULARNING TURKUMLANISHI
Asosiy vositalar – deb, o‘zining tabiiy ko‘rinishini uzoq muddat
saqlab
turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot
qiymatiga o‘z qiymatini o‘tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy vositalarga 1-yildan ortiq muddatda foydalanishda bo‘la-
digan, natural ko‘rinishini o‘zgartirmay ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanishda bo‘ladigan mehnat
vositalari kiradi. Obyektlarni asosiy vositalar qatoriga o‘tkazish tartibi
va uning tarkibi 5-Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BXMS)
asosida tartibga solinadi.
Asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo‘linadi:
1.
Sanoat
2. Qishloq xo‘jaligi
3. Transport
4. Aloqa
5. Qurilish
6. Savdo va hokazolar
Belgilangan tipli tasniflashga binoan asosiy vositalar turlari bo‘yicha
quyidagilarga bo‘linadi:
I. Yer va uni obodonlashtirish
II.
Binolar
III. Inshootlar
IV. Uzatuvchi moslamalar
V. Mashina va asbob-uskunalar
Shu jumladan:
a) kuch
mashinalari va asbob-uskunalar;
b) ish mashinalari va asbob-uskunalar;
d) o‘lchov va tartibga keltiruvchi priborlar, moslamalar, laboratoriya
asbob-uskunalari;
e) hisoblash texnikasi;
3 –
Buxgalteriya hisobi
66
d) boshqa mashina va asbob-uskunalar;
VI. Transport vositalari
VII. Instrumentlar
VIII. Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari
IX. Xo‘jalik
inventarlari
X. Ish va mahsuldor hayvonlar
XI. Ko‘p yillik o‘simliklar
XII. Yer holatini yaxshilash bo‘yicha kapital sarflar (inshootlardan
tashqari)
XIII. Boshqa asosiy vositalar
Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida
berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17-
moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun
hujjatlariga
muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli
(vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer
uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning
qiymatiga uni xarid
qilishda ko‘chmas mulk agentliklariga to‘lanadigan komission to‘lovlar,
advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj
qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: