buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilishini aniqlashdan iboratdir.
Tekshirish jarayonida budjet tashkilotlarini asosiy vositalar bilan
ta’minlanganlik darajasi,
ortiqcha yoki foydalanilmyotganob’ektlarning mavjudligi
o’rganiladi hisobdagi asosiy vositalardan samarali foydalanish choralari belgilanadi.
Belgilangan maqsadga erishish uchun tekshirishni
ketma-ketlikda amalga oshirish zarurdir.
tashkilotning boshqarma, bo’lim, uchastkalarda asosiy vositalarning saqlanish holati aniqlanadi.
asosiy vositalarning qonuniy qabul qilinishi va kirimining o’z vaqtida amalga oshirilganligi tekshiriladi.
asosiy vositalar harakatini xujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganligi
belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registralaridaqayd etib borilishi tekshiriladi.
asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobining yuritilishi tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalar qatorida tashkilot