Bundan tashqari, tekshirish jarayonida asosiy vositalarning dastlabki qiymatini to’g’ri aks ettirilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun quyidagi xarajatlarni to’g’ri xujjatlashtirilganligi va asosli ekanligi aniqlanadi:
yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish montaj ishlarini bajarganligi uchun pudratchilarga to’lanidan summalar;
asosiy vositalarni sotib olish yoki qurish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa mujburiy to’lovlar summalari, shu jumlanadan, bojxona bojlari va yig’imlarini xaqqoniyligini aniqlash;
asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalarning asoslanganligi;
asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish sozlash va ishga tushirishga oid va boshqa xarajatlarning asoslanganligi.
Nomoddiy aktivlarni tekshirish materiallari bo’lib quyidagi manbalar hisoblanadi:
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi asosliligini va o’z vaqtida amalga oshirilganligini aniqlash uchun hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnomalarni ramiylashtirilishi va to’g’ri tuzilganligi tekshiruvdan o’tkaziladi.