hisobida alohida hisobvaraqda hisobga olinadi. Tekshiruvdan o’tkazish jarayonida bunday akvtivlarni hisobga olinishi alohida e’tibor qaratilgan holda amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlarni nazoratdan o’tkazishning umumiy maqsadi –
nomoddiy aktivlarning saqlanishi va tarkibini to’g’ri belgilanishini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur bo’ladi:
ob’ektlarni nomoddiy aktivlar tarkibiga olinishini belgilangan talablar darajasida amalga oshirilganligini aniqlash (O’zbekiston Respublikasida nomoddiy aktivlar hisobini yuritish 7-sonli BHMS bilan tartibga solinadi);
tashkilotda aktiv va unga bo’lgan mutloq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan xujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muxofaza qiluvchi xujjatlar, tovar belgilari va boshqalar)ning mavjudligini aniqlash;
aktivni kelgusida tashkilotning iqtisodiy foydasini ko’paytirishga qodirligi, shuningdek, korxonani aktivdan ushbu maqsadda foydalanish niyati mavjudiligini aniqlash;
tashkilot kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy foydani topaolishi uchun etarlicha resurslar mavjudligini yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkinligini aniqlash va tekshiruvdan o’tkazish.
Asosiy vositalarni nazoratdan o’tkazish manbalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Asosiy vositalarni kirimiga oid boshlang’ich xujjatlar (yuk xati va boshqalar)
AV-1 shakldagi byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish to’g’risida dalolatnoma
AV-3 shakldagi qo’shimcha qurilgan, qo’shimcha asbob uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish- topshirish bo’yicha to’g’risida dalolatnoma
AV-6, AV-8, AV-9 – son shakldagi inventar kartochkalar
AV-10 shakldagi inventar kartochkalar ro’yhati
274- son shakldagi 6-memorial order
308-shakldagi bosh jurnal kitobi
Hisobt shakllari (balans, nomoliyaviy akvtialar harakati to’g’risida hisobot va boshqalar)