Buxgalteriya hisobi


Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar tarkibiga yerning
unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash
joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi.
Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar,
ustaxonalar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar joy binolari va
boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maq-
sadlardagi obyektlar, shuningdek, ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun zarur
bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish,
suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift
xo‘jaligi) kiradi.
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan
holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazi-
falarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqlari,
shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, estakadalar, suv omborlari
va boshqalar) kiradi.
Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga
elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va
gazsimon moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga
xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik
va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) kiradi.


67
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi
va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
– kuch mashina va jihozlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab
chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan
generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvi-
gatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;
– ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik,
kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab
chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat
qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
– o‘lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya
jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko‘rsat-
kich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo,
materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi,
shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar,
tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;
– hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida
qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa
kompyuter vositalari kiradi;
– boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‘tilmagan mashina
va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin