79
0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi».
0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha
olingan asosiy
vositalarning eskirishi».
Hisoblangan amortizatsiya summasiga berilgan buxgalteriya
provodkasi tarxi quyidagicha ko‘rinishda beriladi.
D 9210 K D 0211-0299 K D 2010 K
(6)
(1)
D 2310 K
(2)
D 2510 K
(3)
D 9420 K
(4)
D 2710 K
(5)
1–5 operatsiyalarda amortizatsiya ajratmasi hisoblandi. 6-opera-
tsiyada eskirish summasi hisobdan chiqarildi.
4.6. ASOSIY VOSITALARNING TA’MIRLANISHINI
HISOBGA OLISH
Asosiy vositalar vaqti-vaqti bilan ta’mirlanib turiladi. Ular ta’mir-
lanish hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bajarilgan ta’mirlash ishlarining tannarxi hamda hajmini to‘g‘ri
va o‘z vaqtida aniqlash.
2. Ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarning mahsulot yoki bajarilgan
ish tannarxiga to‘g‘ri o‘tkazilishini ta’minlash.
3. Ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri
foydalanish ustidan nazorat olib borish.
4. Ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli
qilib olib borilishi ustidan
nazorat olib borish va boshqalar.
Ta’mirlash xarajatlari ikki usul bilan tegishli schyotlarga yozilishi
mumkin:
a) ta’mirlash bilan hamma xarajatlarning vujudga kelish jarayonini
ishlab chiqarish xarajatlarining
schyotlariga yozish;
b) maxsus zaxira fondi tashkil qilish yo‘li bilan korxonada ta’mirlash
80
ishlarini olib borish uchun zaxira O‘zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi ruxsati bilan tashkil qilinadi.
Zaxira summasi har oyda, korxona
tomonidan mustaqil belgi-
lanadigan normativ miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Zaxira
summasi 8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to‘lovlar» passiv
schyotida hisob qilinadi.
Ta’mirlash ishlari xo‘jalik yoki pudrat usulida olib boriladi. Xo‘jalik
usulida ta’mirlash ishlari korxonaning ta’mir-mexanika
yoki asosiy ishlab
chiqarish sexlari ishchilari tomonidan bajariladi. Pudrat usulida esa
maxsus ta’mir-qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Bunda tugallangan ta’mirlash ishlari 2 nusxada: «Qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi
va bir nusxasi
buxgalteriyaga topshiriladi.
Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari qiymatiga pudratchi
schyotiga asoslanib quyidagicha buxgalteriya aloqasi tuziladi:
D 6010 K
D 2510, 9420, 9430 K
Pudratchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan summaga
D 5110 K
D 6010 K
Pudratchi schyoti to‘langanda
Asosiy vositalarni pudrat usulida ta’mirlash bo‘yicha
haqiqiy huj-
jatlar schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
D 6010 K
D 8910 K
Haqiqiy xarajatlar zaxiraning kamayishiga yozildi
D 2310 K
D 8910 K
Zaxira schyotining yopilishi
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini schyotlarga yozish 8910-
schyotidan foydalanilgan holda quyidagicha
buxgalteriya provodkasi
bilan rasmiylashtiriladi:
81
D 8910 K
D 2310,2510,2010,9420 K
Zaxira fondi ajratma summasiga
Xo‘jalik usulida bajarilgan ta’mirlash xarajatlarining schyotlarga
yozilishi quyidagicha aks ettiriladi:
1. Ta’mirlash uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar hisobga olindi.
D-t2310
K-t1010, 1050, 1210, 1310, 6520, 6710.
2. Tugallangan ta’mirlash xarajatlari zaxira fondi hisobidan qoplandi.
D-t8910
K-t2310
Dostları ilə paylaş: