Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi
Inventarizatsiya komissiyasi rahbari hisob reestrlariga (hisobtlariga) ilova qilingan hamma kirim va chiqim hujjatlariga imzo qo‘yadi. Bu hujjatlar buxgalteriyada, inventarizatsiya boshlangunga qadar hisob bo‘yicha moddiy boyliklar qoldig‘ini hisoblashga asos bo‘ladi. Inventarizatsiya qilinayotgan boylikni keltirish bo‘yicha hisobdorlik summalariga ega yoki uni qabul qilishga ishnochnomaga ega bo‘lgan shaxslardan ham tilxat olinishi lozim.
Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi
Korxonada inventarizatsiya etilayotgan mulklar haqiqiy qoldig‘i o‘lchash, tortish, sanash orqali aniqlanadi. SHuning uchun ham korxona rahbari inventarizatsiya belgilangan muddatda boshlanishini va oqilona tashkil etilishini ta’minlash shart-sharoitlarini yaratmog‘i zarur. Bunday shart-sharoitlarga bilan yordamchi ish kuchlari bilan, xo‘jalik, tortish asboblari, va ular texnik sozligini ta’minlashlari misol bo‘ladi.
Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi
Agarda inventarizatsiya yozuv va ro‘yxatlarida, solishtirma qaydnomalarida bo‘sh qatorlar bo‘lsa, chiziq tortilishi kerakki, bu bilan qo‘shimcha yozuvlar orqali inventarizatsiya ma’lumotlarini haqiqatdan chetlanishi oldi olingan bo‘ladi.
Inventarizatsiyani rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq inventarizatsiya dalolatnomasi va inventarizatsiya ro‘yxatini inventarizatsiya komissiya a’zolarining barchalari va moddiy javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari kerak.
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati qo‘yidagilardan iborat:
№ inv. 1 shakl. Asosiy vositalar inventarizatsiya yozuvi - korxona assosiy vositalar inventarizatsiya ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Aktivlar joylashgan o‘rni, hamda saqlanishiga moddiy javobgar mahsulotlar bo‘yicha alohida bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi, so‘ngra buxgalteriyaga topshiriladi.
№ inv 2. Shakl. Inventarizatsiya yorligi. Ushbu hujjat ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra inventarizatsiya komissiya a’zolari korxona omborlaridagi xom ashe, tayyor mahsulot, tovar va boshqa moddiy boyliklarni darxol sanab chiqa olmaganlarida va inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettira olmaganlarida qo‘llaniladi. Inventarizatsiya yorligi komissiya a’zolari tomonidan to‘ldirilib, hisoblangan tovar moddiy boyliklari bilan birga ular joylashgan erida saqlanadi.