Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti



Yüklə 100,01 Kb.
səhifə13/17
tarix26.02.2023
ölçüsü100,01 Kb.
#85696
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Amaliyot daftari

10-mavzu:Mahsulot tannarxini hisobga olish usullari

Bu mavzu orqali amaliyot davomida quyidagilarni o’rgandim


- xarajatlar haqida tushuncha, ularni turli xil belgilarga ko‘ra turkumlanishi;
- ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda texnologiyaning ta’siri;
-ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisobga olishni tashkil qilish, servis xarajatlarini taqsimlash;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlarni umumlashtirish va ularni taqsimlashni o‘rganish;
- mahsulot tannarxining tarkibi va turlari, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning ahamiyati;
- kalkulyatsiyaning tamoyillari, obyekti va usullari, jarayonli, bo‘linmali, buyurtmali tannarx hisoblash usullari, to‘liq tannarx va ishlab chiqarish tannarxini hisoblash;
- haqiqiy va normativ usullar bo‘yicha xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash hamda «Standartkost» va «Direkt kosting» usullari bo‘yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni o‘rganish.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish – mahsulot birligiga to’gri keluvchi umumiy xarajatlar miqdorini aniqlashdir. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi. Ushbu tamoyilni o'z faoliyatida amalga oshirish uchun har bir hisobchi buxgalteriya sohasidagi amaldagi me'yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak. Bunday hujjatlarga korxonalarning barcha o'ziga xos sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash bo'yicha tipik ko'rsatmalar va tavsiyalar kiradi; xarajatlarni hisobi ob'ektini, kalkulyatsiya ob'ektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Ko’p hollarda kalkuyatsiya ob'ekti va xarajatlar hisobi ob'ekti bir-biriga mos kelmaydi. Kalkulyatsiya ob'ekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi ob'ekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi
Xarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subektlarda qo’llaniladi. Ushbu hisob va kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan qurilish obektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz, mebel sanoati, ilmiy-izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.
Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.
Alohida hisoblash - bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida ochishni ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi
SHartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi - ishlab chiqarilishi uzoq siklli bo’lgan yirik buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulatsiyalarni tuzish va to’plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi nomini oldi."Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko’rinishini aks ettiradi.Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash; mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni o’rnatish; me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.
Direkt-kosting tizimining mazmuni- korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya qilish uslubini ko’rib chiqishda 1936-yilda Djonatan Xarris tomonidan kiritilgan "direkt-kosting reja" mazmuniga asoslanadi.Direkt-kosting tizimidagi amaliy izlanishlar xarajatlar bo’linishining shartliligini ko’rsatadi. Har Bir subektda qabul qilingan yo’l qo’yishlar natijalarni hisoblab chiqishda hisoblanishi kerak. Direkt-kosting tizimi bo’yicha tannarxni kalkulatsiya qilish ishlab chiqarishning turli hajmida doimiy sarflarning o’zgarmas qiymatini ko’zlaydi, shuning uchun boshqaruv hisobida asosiy e’tibor doimiy sarflarga qaratiladi. Subekt va tizimli bo’linmalarning rahbarlari bu xarajatlarni boshqarishning nazorat funksiyalarini kuchaytiradilar
Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi - ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi. Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to’g’ri (o’zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o’rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schyotda umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan qo’yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyaning rentabelligini aks ettiradi. SHunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan. Realizatsiyaning hajmi qancha ko’p bo’lsa subekt shuncha ko’p daromad oladi. Tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat o’zgaruvchan (to’g’ri) xarajatlar bo’yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subektlarda realizatsiyani ko’paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg’otadi
Agar tashkilot uchun bir nechta budjet hisobvarag‘i ochilgan bo‘lsa, jamlanma qaydnomalar har bir budjet hisobvarag‘i bo‘yicha alohida holda yuritiladi. Bunda, memorial orderlarga 2-a, 2-b, 2-v, 2-g va h.k. raqamlari beriladi. Operatsiyalarning hajmiga ko‘ra jamlanma qaydnomalar tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda, bankda bir necha budjet hisobvarag‘i mavjud bo‘lsa, pul mablag‘lari harakatining hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida har bir hisobvaraq bo‘yicha alohida holda yuritiladi.Mazkur operatsiyalar bo‘yicha analitik hisob xarajatlar tasnifining xarajatlar turlariga bo‘lingan holda 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftarida alohida holda yuritiladi.

Yüklə 100,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin