Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 88,24 Kb.
səhifə12/18
tarix17.06.2023
ölçüsü88,24 Kb.
#131947
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
КУРС ИШИ

Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanish maqsadlarida tuziladi.
O‘zbekistan Respublikasi qonunchiligiga binoan xol­ding kompaniyalari quyidagi yo‘llar bilan tashkil etiladi:

1.

Yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda ularning tarkibiy bo‘linmalarini mustaqil yuridik shaxs (shu'ba korxonalar) sifatida bunyod etish yo‘li bilan

2.

Yuridik jihatdan mustaqil korxonalarning aksiya paketlarini birlashtirish yo‘li bilan

3.

Yangi aksiyadorlik jamiyatlarini ta'sis etish yo‘li bilan

Xoldinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. Xoldingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organga boshqa hujjatlar bilan birga:


- nizom loyihasi;
- xoldingni tuzishga xohish haqida bayonnoma yoki ta'sischilar shartnomasi;
- tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya etilayotgan korxonalar ro‘yxati;
- shu korxonalardan har qaysisining xo‘jalik faoliyati turlari va hajmi haqidagi ma'lumotlar topshiriladi.
Agar xoldingni tuzish biror-bir mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish monopoliyasiga olib keladigan bo‘lsa, bunday xoldingni tuzishga ruxsat berilmaydi.
Davlat korxonalari davlat mulki bo‘lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo‘lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas'uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.
Qo‘shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag‘lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Qo‘shma korxona tuzishga hamkorlarni nima majbur qiladi? AQSh olimlari quyidagi omillarni keltiradilar:
- kapital xarajatlar hajmining qisqarib ketishi va yangi quvvatlarni barpo etishdagi xavotirlik;
- aniq geografik bozorga o‘tish;
- yangi faoliyat sohasiga o‘tish;
- ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xomashyo manbaini qo‘lga kiritish;
- ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengayganligi;
tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bo‘lganligi;
- mavjud marketingning samaradorligi oshganligi;
- takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati;
- qo‘shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati.
Qo‘shma korxonalar o‘zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va boshqa vazifalarni yechishga qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin.
Qo‘shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xomashyo va ish kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona mustaqil balansiga ega bo‘ladi va xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSh, Italiya, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Koreya, Yaponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.
Konsern ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya'ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko‘p tarmoqli korporatsiya. Konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joylashgan o‘nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.
Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o‘zaro korporatsiyalangan turg‘un aloqalar mavjud bo‘lib, ular konsern rivoji yo‘lida umumiy moliyaviy resurslar va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.

Yüklə 88,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin