Moliyaviy tahlil bosqichlari. Moliyaviy tahlil o‘tkazish metodikasi quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Dastlabki baholash. Dastlabki baholashda axborotlar ishonchligini baholashni, moliyaviy hisobotlarni o‘qish va uning muhim ko‘rsatkichlar tizimini baholashni, aylanma mablag‘lar va uzoq muddatli aktivlar, o‘z va qarz mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimini mutlaq ifodasi bilan chuqur tahlil etish orqali aniq xulosalarni shakllantirish nazarda tutiladi.
2. Ekspress-tahlil. Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash asosida korxonaning joriy va istiqbolli to‘lovga qobilligini, ish va bozor aktivligini o‘rganish asosida korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishni anglatadi.
Ekspress-tahlilning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati, rivojlanish dinamikasini operativ, vizual baholashdan iborat. Ekspress-tahlilni amalga oshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
tahlil natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish.
Ekspress-tahlilda quyidagi muhim o‘zgarishlarga ahamiyat qaratiladi: davr oxiriga balans jamining davr boshiga nisbatan o‘sishiga; aylanma aktivlarning o‘sishi uzoq muddatli aktivlarning o‘sishidan yuqori bo‘lishiga; xususiy kapitalning qarz kapitalidan ortiq bo‘lishiga; xususiy kapitalning o‘sishi qarz kapitalining o‘sishidan yuqori bo‘lishiga; debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining o‘sishi bir xilda bo‘lishiga; aylanma aktivlarda o‘z mablag‘lari hissasi yuqori bo‘lishiga; qoplanmagan zarar qatori bo‘lmasligiga va h.k.