3. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlil. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi – qaysi mahsulot turlari, qaysi xarajat turlari, qaysi javobgarlik markazlari tufayli o‘zgarishlar yuzaga kelganligini va bu borada rahbarlar qanday yo‘l tutishi lozimligiga qaratilgan.
Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektining joriy davrdagi natijalarini, ularning kelgusidagi kutilishlarini, moliyaviy holatini keng qamrovli tavsiflashga, baholashga qaratilgan.
Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari quyidagilarga qaratilgan:
- xo‘jalik subyektining iqtisodiy va moliyaviy holatini baholash;
- xo‘jalik subyektining iqtisodiy salohiyatini baholash va tahlil etish;
- mulkiy holatini baholash (analitik balansni tuzish, balansning vertikal tahlili, balansning gorizontal tahlili, mulkiy holatdagi sifat o‘zgarishlari tahlili);
- moliyaviy holatni baholash (likvidlik va to‘lovga layoqatlilikni baholash, moliyaviy barqarorlikni baholash);
- moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijaviyligini baholash (ish aktivligi, foyda va rentabellikni baholash, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi holatini baholash)ni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy tahlilni quyidagi bosqichlardan iborat algoritmini belgilash mumkin: - tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish;
- axborotlarni qayta ishlash, ko‘rsatkichlarni tanlash va ularni tahliliyligini ta’minlash;
- moliyaviy hisobotlarning gorizontal, vertikal, trend tahlilini o‘tkazish;
- moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlari asosida moliyaviy koeffitsiyentlarni hisob-kitob qilish, ularning qiyosiy tahlilini qilish, o‘zgarishlarni omilli tahlilini amalga oshirish;
- xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalari, pul oqimlarini tahliliy natijalarini chiqarish, ularni yaxshilashning, imkoniyatlarini aniqlash;
- moliyaviy tahlil bo‘yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash va amaliy chora-tadbirlarni belgilash.9 Xo’jalik faoliyati tahlilida qo’llaniladigan ko’rsatichlar tizimi quyidagilardan iborat: - moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- moliyaviy potensialni ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- ish faolligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- bozor faolligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- davlat byudjeti bilan aloqalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- to’lov qobiliyati va to’lovga qodirlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar.10