Buxgalteriya hisobi va audit


 Kurs ishining ahamiyati va mutaxassislik shakllanishidagi vazifalari



Yüklə 351,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix23.03.2023
ölçüsü351,47 Kb.
#89292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
БХН курс иши услубий курсатма 2023 (1)

1. Kurs ishining ahamiyati va mutaxassislik shakllanishidagi vazifalari 
 
 
Buxgalteriya hisobi nazariyasi” bo‘yicha kurs ishining yozilishi, talabalarning 
fanini o‘rganishning davomi hisoblanadi. Kurs ishini yozish jarayonida talaba 
ma’lum mavzu bo‘yicha o‘zining ilmiy – nazariy qarashlarini amaliy ma’lumotlar 
asosida boyitadi, ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar qiladi va 
takliflar beradi. 


5
Talaba tomonidan kurs ishining yozilishi quydagi vazifalarga qaratilgan: 
- talabaning ilmiy – nazariy qobiliyatini ma’lum yo‘nalishiga asoslab 
mustahkamlash; 
- talabaning qabul qilingan qarorlar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan 
mustaqil ishlashga o‘rgatish; 
- belgilangan yo‘nalish yoki mavzu bo‘yicha talabaning maxsus adabiyotlar, 
ilmiy maqolalar ustida ishlashni rivojlantirish; 
- kurs ishi mavzusi bo‘yicha kelgusida mutaxassis sifatida o‘zining kasbi – 
korlik huquqi, burchi va ma’suliyatini oshirish; 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini barcha jihatlarini 
tahlil qilish natijasida undagi ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va uning 
moliyaviy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar berish; 
- talabalarda kurs ishi yakuni bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan asoslangan 
xulosalar qilishga, aniq takliflar berishga o‘rgatishdan iborat; 
Mazkur fandan kurs ishi tayyorlashning xususiyati shundan iboratki, talaba 
“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan o‘rganilgan mavzular bo‘yicha bajaradi, 
kurs ishini tayyorlashda bajarilgan ishlar bir – biri bilan uzviy bog‘lanadi va bir-birini 
to‘ldirib boradi. 
II Kurs ishi mavzusini tanlash tartibi 
 
Talabaning kurs ishining natijasi bevosita mavzuning to‘g‘ri tanlanganligiga 
bog‘liq. Talaba to‘g‘ri kelgan mavzuni tanlamasligi kerak. U oldin kafedra 
tomonidan tavsiya qilingan kurs ishlarining mavzulari bilan yaqindan tanishgan 
bo‘lishi kerak. Kafedrada ushbu fan bo‘yicha ma’lum na’munaviy mavzular ishlab 
chiqiladi va talabalarga ma’lum qilinadi. Mavzular buxgalteriya hisobining nazariy, 
uslubiy va tashkiliy tomonlarini o‘z ishiga oladi. YAna muhim masala – talaba 
tomonidan fan bo‘yicha tayyorlangan kurs ishi, ta’lim so‘ngida tayyorlanadigan
“Bitiruvchining ishi”ga mos holatda boshlang‘ich ma’lumot sifatida tayyorlanishi 
ham mumkin.


6
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» bo‘yicha kurs ishlari namunaviy mavzular 
asosida tanlanadi.
Na’munaviy mavzular talabalar tomonidan mavzu tanlashlarini chegaralamaydi. 
Agar talaba, na’munaviy mavzularga kritilmagan o‘z mavzusini taklif qilsa, bunda 
taklif qilinayotgan yangi mavzu talaba tomonidan yozma ravishda ilmiy asoslangan 
bo‘lishi kerak. YAngi mavzular talabalarning oldin tayyorlangan ilmiy ma’ruzalari, 
korxona va firmalarning maxsus buyurtmalariga asoslangan bo‘lishi mumkin. 
Kafedraning mazkur fan bo‘yicha kurs ishlarining na’munaviy mavzulari 1-ilovada 
keltirildi. 
Kurs ishlarining mavzulari talabalarning yozma ravishdagi arizalari asosida 
belgilanadi. Talabalar tanlagan mavzular bo‘yicha kafedra mudiri nomiga yozma 
ariza beradilar. Arizada mavzuning nomi, qaysi korxona yoki firma misolida 
yozilishi ko‘rsatiladi. Talabalar tomonidan tanlangan kurs ishlarining mavzulari ilmiy 
manbalari, kafedra yig‘ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.

Yüklə 351,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin