8
Talaba nomidan maxsus adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar o‘rganilganda
mavzuga tegishli bo‘lgan materiallar qisqacha yozib olinadi, keyinchalik esa kurs
ishida foydalaniladi. Kurs ishiga boshqa manbalardan keltirilgan fikrlar (sitatalar)
qo‘shtirnoq ichiga olib oxirida qaysi manbadan olinganligi albatta ko‘rsatilishi shart.
Kurs ishi oxirida esa foydalanilgan manbalar ro‘yhati bo‘yicha keltiriladi.
Kurs ishini tayyorlashda qabul qilingan Qonunlar (“Buxgalteriya hisobi
to‘g‘rsida”, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”, “Korxonalar to‘g‘risida”, “Mulk
to‘g‘risida” va boshqa qonunlar), Prezident farmonlari, maxsus Nizomlar, boshqa
yo‘riqnomalardan keng foydalaniladi.
Talabaning kurs ishi ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlarga asoslanadi.
Amaliy ma’lumotlar alohida korxonalar, auditorlik firmalardan olinadi. Buning
uchun talaba kafedradan yo‘llanma oladi. Yo‘llanmada kurs ishi mavzusi, olinadigan
amaliy ma’lumotlarni mazmuni ko‘rsatiladi. Talaba
tomonidan
olingan
amaliy
ma’lumotlar kurs ishi mavzusining aniq savollari bo‘yicha guruhlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: