Buxgalteriya hisobi va audit


VI. Kurs ishini yozish tartibi va rasmiylashtirilishi



Yüklə 351,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix23.03.2023
ölçüsü351,47 Kb.
#89292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
БХН курс иши услубий курсатма 2023 (1)

 
VI. Kurs ishini yozish tartibi va rasmiylashtirilishi. 
 
 
Kurs ishi mavzusi, qo‘yilgan savollari ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
o‘rganilgandan keyin talaba tomonidan mustaqil yoziladi. Ishni yozishda ma’lum 
talablar qo‘yiladi. Tahlil bo‘yicha kurs ishi yuqori ilmiy – nazariy va amaliy 
mazmunida yozilishi kerak. 
Kurs ishi faqat qo‘lda qo‘lyozma ko‘rinishida talaba tomonidan yoziladi. 
YOzuv qog‘ozining faqat bir tomoniga ramka chizgan yoki ramka chizmasdan 
quydagi razmerlar asosida yoziladi: chap tomon 3 sm, o‘ng tomon 1 sm, yuqoridan 
1,5 sm, pastdan 2 sm. YOzuv qatorlari har bir listda 27-28 qator bo‘lishi lozim(Zebra 
qog‘ozi belgilangan qatorlar bo‘yicha tanlab yoziladi yoki listga och rangda, ko‘rinar-
ko‘rinmas holatda qator chizig‘ini chizib olish mumkin). Obzats 1 sm qilib 
belgilanadi. YOzuvlar listni chap va o‘ng tomonlari to‘ldirilgan (ramka ichi 
to‘ldirilib, chekkalatgan)holatda, har bir reja hamda bo‘limlar alohida yangi listdan 
yoziladi. Kurs ishida foydalanilgan materiallarga snoska beriladi(raqamlanadi) va 
shu listning quyi qismiga foydalanilgan manba (snoska) to‘g‘risida to‘liq ma’lumot 


9
keltiriladi. Kurs ishini yozishda foydalanilgan jadvallarning yuqori tomonida jadval 
raqami keltiriladi, jadval nomi yoziladi, jadval qalam bilan sifatli holatda chiziladi va 
ma’lumotlar siyohli ruchka bilan yoziladi. Kurs ishida foydalanilgan chizmalar, 
grafiklar kampyuter dasturlarida, qo‘lda tayyorlanishi mumkin. CHizma yoki 
grafikning quyi qismiga chizma raqami va nomi keltiriladi. 
Kurs ishi uning kirish qismini yozishdan boshlanadi. Unda mavzuning 
dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va ilmiy – amaliy amaliyoti yoritiladi. Keyinchalik 
qo‘yilgan savollar yorititladi. Bir savol to‘liq yoritilgandan so‘ng ikkinchi va 
keyinchalik uchinchi savolga o‘tiladi. savollarning mazmunini bir – biri bilan 
aralashmasligi kerak. Xar bir savol yoritilganda uning ilmiy nazariy tomonlari, 
amaliyotdagi holati, mavjud kamchiliklariga e’tibor beriladi va ularni bartaraf qilish 
bo‘yicha takliflar kiritiladi.
Talaba har bir savolni yoritish jarayonida mavjud kamchiliklar berilayotgan 
takliflarni alohida hisobga olib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu takliflarni 
keyinchalik ishni “Xulosa va takliflar” qismida foydalaniladi. Kurs ishi savollarni 
yoritish jarayonida qonunlardan, nizomlardan, maxsus adabiyotlardan ayrim 
qoidalarni, fikrlarni (sitalarini) raqamlarni keltirish kerak bo‘ladi. Bunday hollarda 
manbalardan keltiriladigan fikrlar (sitatalar) qo‘shtirnoqqa olinadi. (“ ko‘chirma 
so‘z”) va varaq betini oxirida uning manbasi to‘liq ko‘rsatiladi. Bunday tartibda kurs 
ishida keltirilgan rasmiy raqamlar bo‘yicha ham qo‘llaniladi. Raqamlarning aniqligi 
va asosligiga talaba shaxsan javob beradi. 
Kurs ishining hajmi 40-50 betlar atrofida bo‘lishi mumkin (ilovalardan 
tashqari). YOzib tugatilgan kurs ishi ma’lum tartibda rasmiylashtiriladi. Ish muqova 
varag‘i, mazmuni ifodalangan qismi, xulosa va takliflari, foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yhati, ilovalardan iborat bo‘ladi. 
Kurs ishining rasmiylashtirilishi tartibi 3 va 4 ilovalarda keltiriladi. Ishning 
birinchi betida uning nomi va rejasi keltiriladi. Keyinchalik har bir savol bo‘yicha 
uning mazmuni ifodalangan bo‘ladi. Ishning tartibida jadvallar, rasmlar, 
diogrammalar bo‘lishi mumkin. ular ketma – ket tartib raqamlar bilan belgilanib 
borilishi kerak (jadvallar alohida raqamlarda, diogramma va rasmlar alohida 
raqamlanadi). kurs ishining mazmuni xulosa va takliflar bilan yakunlanadi. Ishning 


10
so‘ngida foydalanilgan me’yoriy hujjatlar va adabiyotlar alfavit bo‘yicha keltiriladi 
(oldin qonunlar, nizomlar, yo‘riqnomalar keyinchalik esa maxsus adabiyotlar alfavit 
bo‘yicha ko‘rsatiladi). Foydalanilgan adabiyotlarning mualliflarining, ishining nomi 
nashriyoti, yili ko‘rsatilishi shart. Kurs ishining oxiriga ilovalar kiritiladi. Ushbu 
ilovalar ketma – ket qo‘yilgan savollari bo‘yicha raqamlangan bo‘ladi (“1 – ilova “, 
“2 – ilova” va xokazo). 
Kurs ishi talaba tomonidan “Kirish” qismidan 3 sahifa raqami bilan 
raqamlanadi, kurs ishini muqovasi, ya’ni “Titul”ni rasmiylashtiriladi, imzolanadi,
“Tasdiqlayman”, “Taqriz” va boshqa kurs ishini rasmiylashtirish xujjatlarini
qo‘shilgan holda muqovalanadi, belgilangan mudatida kafedraga topshiriladi. 

Yüklə 351,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin