modul tizimi negizida normativ-spravochnik ma’lumotlarini o‘rnatish va sozlash
imkonini beradi (ushbu modul asosidagi funktsional vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi
uchun yuqorida aytib o‘tilgan spravochniklar tizimga kiritib qo‘yilishi kerak);
modul tizimi negizida memorial orderlar haqidagi (jumladan, analitik buxgalteriya
hisoblariga oid yozuvlar qayd etiladigan jamlangan (yig‘ilgan, terma) memorial orderlarning
tuzilgan vaqti, qayd qilish raqami haqidagi tegishli ma’lumotlarni) spravochnik o‘rnatilishi
mumkin;
buxgalteriya hisoblar rejasining tuzilishi bilan bog‘liq jarayonlar (xususan, budjetning
kirim qismi bo‘yicha hisobga olinadigan barcha kassa operatsiyalarini bajarishga doir turli
xildagi analitik materiallarning ro‘yxati)ga oid rasmiy yozishma materiallari bo‘yicha
spravochnik o‘rnatishga imkon beradi.
Tizim bo‘yicha turli xil ma’lumotlarni qabul qilib olish hamda masofaga uzatish
uchun maxsus – “Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” deb nomlangan
modul ham yaratilgan. G‘aznachilikning turli bo‘linmalari hamda agentlik vazifasini
bajaruvchi bank tizimi o‘rtasida operativ tarzda kerakli ma’lumotlar bilan almashinuv
jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun maxsus kommunikatsiya tizimlari yordamida yoxud kurerlar
vositasida ta’minlanadigan aloqa tizimi o‘rnatilishi kerak. Bunday aloqa tizimidan
foydalanish vaqtida agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib beriladigan rasmiy
hujjatlarning ko‘chirma nusxasi G‘aznachilikka elektron variantda yuboriladi. Ayni vaqtning
o‘zida agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib beriladigan rasmiy hujjatlarning
ko‘chirma nusxalarini jamlab qo‘yiladigan, harakati nazorat qilinadigan va o‘zaro
aloqadorlik munosabatlarida bo‘lgan har ikki tomondan yuboriladigan rasmiy hujjatlar
jumlasiga avtomatik tarzda kiritiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan operatsiyalarning avtomatik
tarzda bajarilishini “Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” deb nomlangan
modul ta’minlab beradi.