K I R I SH
O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimida olib borilayotgan
islohotlar, qator
vazifalar bilan birgalikda, davlat byudjetining g’azna ijrosiga bosqichma-
bosqich o’tishni va uning faoliyat mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Bunda
zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida davlat mablag’larining harakati to’g’risidagi
ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish usullarini o’zlashtirish asosida davlat moliyasini
boshqarishning samarali usul va vositalarini shakllantirish
va muvofiq holda ishlashini
ta’minlash zarur bo’ladi.
Mamlakatimizda davlat byudjetining g’azna ijrosini samarali tadbiq etishga faqatgina
barqaror rivojlanish ko’rsatkichlariga erishganimizdan keyingina muvaffaq bo’lindi.
O’zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida ham kengqamrovli islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu islohotlarning ijobiy natijalarini davlat byudjeti
g’azna ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ko’rishimiz mumkin.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining
barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar
bo’yicha tushumlarini yagona g’azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini
shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat byudjeti,
byudjetdan
tashqari
fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va
ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat
mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati
to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi.