1. G’aznachilik haqida tushuncha
G’aznachilik - byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul
qiladi va byudjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va
ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga
binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishini
ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga oshiradi
Mamlakatdagi mavjud moliyaviy tizimning tahlili byudjet mablag’larining kelib tushishi
va sarflanishini hisobga olishning etarlicha tezkor emasligini, ulardan maqsadli foydalanish
nazorati, ajratilgan mablag’larning oxirgi oluvchiga etib borguncha bo’lgan vaqtning uzoqligi,
turli darajadagi byudjetlarning bajarilishida moliyaviy organlar orasidagi o’zaro aloqaning
sustligi kabilarni ko’rsatadi. 1993 yildagi moliya tizimini rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida
yuz berayotgan va islohotlarning bahosidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi kollegiyasi Moliya vazirligi apparati va mahalliy moliya organlari oldiga kelgusi
istiqbol uchun quyidagi ustun vazifalarni belgilab berdi:
•
byudjetlararo munosabatlarni mukammallashtirish va moliya va soliq organlari
koordinatsiyalarini kuchaytirish;
•
byudjetlarning daromad bazalari, soliqlar yig’imini oshirish soliq yig’ish va uning
to’liqligini ta’minlash usullarini mukammallashtirish hisobiga ko’paytirish;
•
mablag’larni ijtimoiy siyosati amalga oshirish va ijtimoiy himoyalanadigan qatlamlarni
byudjetning barcha darajalari bilan o’z vaqtida va to’liq moliyalashni ta’minlashga
yo’naltirish;
•
davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini, ularning muomala muddatlari uzoqligini
hisobga olgan holda faollashtirish va bozorlarga norezidentlarni jalb etish, bozor
geografiyasini kengaytirish;
•
valyutali-moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va milliy valyutani
mustahkamlash.
Bu masalalarni hal qilish uchun “O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi haqida
Nizom” ishlab chiqildi (2007 yilda O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan
tasdiqlangan) va yangi moliyaviy organ – g’aznachilik tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.
Hozirgi kunda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida
ochilgan hisob-kitob raqami hamda hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari uchun ochilgan hisob-
kitob raqamlari orqali amalga oshirilmoqda. Bunday tartibda faoliyat yuritish uchun uslubiy
va texnikaviy asosiy vazifasini “G‘aznachilik” deb nomlangan maxsus majmuaviy dastur
xizmat qilmoqda. “Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining turli modullari
orasida tegishli informatsiyalar bilan almashinuv jarayonlari modullararo mexanizmlar
yordamida amalga oshiriladi.
Ushbu mexanizmlar paketning o‘zak qismida hamda modul tizimining alohida sozlash
tizimlarida joylashtirilgan. Modul paketining o‘zak qismi normativ-spravochnik tipidagi
informativ blokka ham ega. Ushbu informativ blok negizida bajariladigan operatsiyalar
klassifikatori, G‘aznachilik hamda bank bo‘linmalari haqidagi spravochniklarda saqlab
qo‘yiladi. “Daromadlarni boshqarish” moduli yordamida davlat budjetiga kelib tushadigan
soliq to‘lovlari va boshqa xil majburiy to‘lovlarning turlari va qaysi bir budjetga tushirilishi
lozimligiga qarab ro‘yxatga olib borish, belgilab qo‘yilgan normativlarga muvofiq turli
darajali budjetlarga tushiriladigan mablag‘larning kundalik taqsimlanishi haqida ma’lumotlar
olish, Yagona g‘azna hisobraqamiga tushayotgan mablag‘lar haqidagi kundalik ma’lumotlarni
jamlash, budjetga kundalik kelib tushgan soliq to‘lovlari va ularning taqsimoti haqida
ma’lumotlar bilan tanishib borish mumkin bo‘ladi.
Davlat budjet(lari)ning kirim qismiga tushadigan mablag‘lar jumlasiga amaldagi qonunchilik
normalariga muvofiq joriy etilgan soliq to‘lovlari hamda boshqa xildagi majburiy to‘lovlar
(ular haqidagi to‘liq ma’lumot “G‘aznachilik” dasturining spravochniklarida saqlanadi)
kiritiladi. Soliq to‘lovchi sub’ektlar budjetga tushiriladigan mablag‘larni barcha bank
bo‘linmalarida amalga oshirishi mumkin, o‘z navbatida mazkur bank bo‘linmalari qabul
qilingan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahridagi
Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazi (HKM) da ochilgan YaG‘HR ga tegishli
maxsus hisob-kitob raqamiga o‘tkazib berishi lozim bo‘ladi. Budjetga to‘lanadigan to‘lovlar
naqd pul ko‘rinishida yoxud pul o‘tkazish yo‘llari bilan amalga oshirilishi mumkin. To‘lov
operatsiyalari pul o‘tkazish yo‘li bilan bajarilganida zimmasidagi majburiyatlarini bajaruvchi
sub’ektning zarur rekvizitlari (daromadlar kirim qilinadigan shaxsiy hisob-kitob raqamining
kodini, soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (INN), kirim operatsiyalarining
administratori (DSI, Bojxona organi)ning kodini, to‘lovlar qachon amalga oshirilgani
haqidagi ma’lumot, YaG‘HRning hisob-kitob raqami ochilgan agent-bankning kodini) aks
ettirilishi shart.
Davlat budjetining kirim qismiga tushiriladigan mablag‘lar G‘aznachilikning YaG‘HR
ga kelib tushgani haqida ma’lumot olinganidan keyin to‘plangan barcha daromadlar summasi
haqidagi ma’lumotlar generatsiyalanib (bir erga jamlanib), tahlil qilinadi va shundan keyin
jamg‘arilgan mablag‘lar darajasiga qarab tegishli budjetlar orasida taqsimlanadigan
summalar miqdori aniqlanadi, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha muayyan operatsiyalar
bajariladi, avtomatik tarzda G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan absolyut summalar
hamda har xil budjetlarga ajratilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar shakllantirilib saqlab
qo‘yiladi.
Ushbu modul G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan mablag‘larni qayd qilish va ular
bilan bog‘liq turli xil kassa operatsiyalarini bajarish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajarishga
imkon beradi:
G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan kirimlar hisobini yuritish (jumladan,
kundalik tartibda YaG‘H ga kelib tushgan summalar hamda turli xil budjetlarga qaerdan va
kimning nomidan kelgani aniqlanmagan mablag‘lar haqidagi tegishli ma’lumotlarni tahlil
qilish va ishlash);
belgilangan normadan ortiq miqdorlarda ilgariroq budjetga o‘tkazilgan mablag‘larni
qaytarib berish hamda turli xil budjetlarga qaerdan va kimning nomidan kelgani aniqlanmay
qolgan mablag‘larni egasini aniqlab qaytarib berish;
soliqning biron bir turi bo‘yicha belgilangan normadan ortiq miqdorlarda budjetga
o‘tkazilgan mablag‘larni boshqa turdagi soliq to‘lovlari bo‘yicha mavjud qarzdorlik hisobiga
o‘tkazib tafovut o‘rnini qoplash (amalda bo‘lgan turli xil soliq to‘lovlari bo‘yicha balans
hosil qilishga xizmat qiladi), shuningdek, tasniflanib ulgurilmagan kirimlarni turli xil
darajadagi budjetlarga ajratib berish;
mamlakat miqyosida yig‘iladigan soliq va boshqa xildagi majburiy to‘lovlarni turli
darajadagi budjetlarga o‘tkazib berish imkonini beradi; eng muhimi shuki, to‘planadigan
mablag‘larni bir xilda quyi darajali budjetdan yuqoridagisiga va aksincha, yuqori darajadagi
budjetdan quyi darajadagi budjetlarga o‘tkazib bera oladi;
o‘zaro hisob-kitoblarni qayd etish asosida barcha kassa operatsiyalari haqidagi
ma’lumotlarni jamlash uchun qulaylik tug‘diradi, bunday imkoniyatning yaratilishi oqibat
natijada aniq maqsadga yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish vaqtida
tomonlarning o‘zaro hisobkitoblarini qayd etish imkonini beradi;
dastur ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlab tuzatish imkonini
ham beradi;
budjetga kelayotgan kirimlarni hamda ularni qaytarib berish bilan bog‘liq kassa
operatsiyalari bo‘yicha turlicha hisobot tayyorlanadi, shuni hisobga olib turib turli xil
hisobotlarni tayyorlash mumkin bo‘ladi;
modul tizimi negizida normativ-spravochnik ma’lumotlarini o‘rnatish va sozlash
imkonini beradi (ushbu modul asosidagi funktsional vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi
uchun yuqorida aytib o‘tilgan spravochniklar tizimga kiritib qo‘yilishi kerak);
modul tizimi negizida memorial orderlar haqidagi (jumladan, analitik buxgalteriya
hisoblariga oid yozuvlar qayd etiladigan jamlangan (yig‘ilgan, terma) memorial orderlarning
tuzilgan vaqti, qayd qilish raqami haqidagi tegishli ma’lumotlarni) spravochnik o‘rnatilishi
mumkin;
buxgalteriya hisoblar rejasining tuzilishi bilan bog‘liq jarayonlar (xususan, budjetning
kirim qismi bo‘yicha hisobga olinadigan barcha kassa operatsiyalarini bajarishga doir turli
xildagi analitik materiallarning ro‘yxati)ga oid rasmiy yozishma materiallari bo‘yicha
spravochnik o‘rnatishga imkon beradi.
Tizim bo‘yicha turli xil ma’lumotlarni qabul qilib olish hamda masofaga uzatish
uchun maxsus – “Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” deb nomlangan
modul ham yaratilgan. G‘aznachilikning turli bo‘linmalari hamda agentlik vazifasini
bajaruvchi bank tizimi o‘rtasida operativ tarzda kerakli ma’lumotlar bilan almashinuv
jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun maxsus kommunikatsiya tizimlari yordamida yoxud kurerlar
vositasida ta’minlanadigan aloqa tizimi o‘rnatilishi kerak. Bunday aloqa tizimidan
foydalanish vaqtida agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib beriladigan rasmiy
hujjatlarning ko‘chirma nusxasi G‘aznachilikka elektron variantda yuboriladi. Ayni vaqtning
o‘zida agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib beriladigan rasmiy hujjatlarning
ko‘chirma nusxalarini jamlab qo‘yiladigan, harakati nazorat qilinadigan va o‘zaro
aloqadorlik munosabatlarida bo‘lgan har ikki tomondan yuboriladigan rasmiy hujjatlar
jumlasiga avtomatik tarzda kiritiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan operatsiyalarning avtomatik
tarzda bajarilishini “Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” deb nomlangan
modul ta’minlab beradi.
|