Xulosa qilib aytganda, davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida
G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari alohida o‘rin egallaydi. Ularning faoliyati
budjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlarini to‘lab berishda mablag‘larning maqsadga
muvofiq
ishlatilishini ta’minlash, shartnomalarni 62 ro‘yxatga olishda dastlabki nazoratning samarali
bo‘lishiga
erishish, to‘lovlarni amalga oshirishda joriy nazoratni ta’minlash, davlat
xaridlarini amalga oshirishda tegishli monitoring ishlarini olib boorish orqali davlat
mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan tovarlar narxlarining asossiz
oshib ketishining oldini
olish, davlat qarzining hisobini yuritish kabilarga, pirovardida davlat mablag‘larini samarali
boshqarishdek muhim vazifani bajarishga qaratilgan
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1. “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora
tadbirlari
to‘g‘risida”gi Prezident Qarori. PQ-594-son, 28.02.2007.