Buxgalteriya hisobi va audit


 G’aznachilikning yagona axborot tizimiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix16.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#98897
1   2   3   4   5   6
G\'aznachilik fani referat. Turdiyev F

3. G’aznachilikning yagona axborot tizimiga qo’yiladigan talablar 

G’aznachilik orginlari tizimi oldiga qo’yilgan vazifalarning jami hajmini cheklangan 
personal bilan tezkor, aniq va samarali hal etish;

davlat byudjet daromadlari hisobi bo’yicha vazifalarni tezkor, aniq va ishonchli hal 
etish;

davlat byudjet, barcha darajadagi mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatni 
tashkil etish;

Davlat byudjet mablag’larining yakuniy oluvchigacha tez va aniq etkazish;

byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanish ustidan joriy, to’liq, tezkor va 
qattiq nazoratni ta’minlash;

davlat byudjeti ijrosining tezkor va ob’ektiv tahlilini ta’minlash va byudjetga 
daromadlar tushishi hamda ixtiyoriy berilgan davr uchun pirovard xarajatlarni prognozlash;

davlat ichki qarzini boshqarish va unga xizmat ko’rsatish;

O’zbekistonda amalda bo’lgan qonunchilik amaliyoti va O’zR Moliya vazirligining 
me’yoriy talablarina munosib bo’lishi;

vakolatli orginlar ttalablarigan muvofiqlikda konfendentsiya va maxfiy axborotlarga 
xizmatlar ko’rsatish;

birlamchi xizmatlar va uning elektron nusxasi yuridik vorisiyligini, shuningdek, 
ularning ish yuritsh va boshqlar haqidagi yo’riqnomalar va qonunlar bilan aniqlanuvchi 
tartibot mavjudligining barcha davri mobaynida saqlanganligini ta’minlash.
G’aznachilik orginning avtomailashtirilgan asosiy maqsadlariga uni shakllantirish 
jaryonida qator talablarni bajarish bilan erishish mumkin:
Davlat byudjeti ijrosiga xizmat qiluvchi axborot tizimi detallashuv darajasi bo’yicha 
hisoblar rejasi tuzilmasi bilan muqobil bo’lgan avtomatlashtirilgan buxgalterlik hisobi 
bazasida qurilishi lozim. Davlat byudjeti ijrosining buxgalterlik hisobi byudjet tasnifining 
jami maqyosida, jumladan, byudjet mablag’larini yakuniy oluvchilari kesimida analitik 
jihatdan olib borilishi lozim.


Bunday tamoyil axborot majmuining hisob registirida davlat byudjetining ixtiyoriy 
darajadagi faktni holatini operativ va ishonchli aks ettirishga imkon beradi.

G’aznachilikning axborot tizimi an’anaviy bank operatsiyalari bilan bo’lgani kabi 
elektron bank hisob-kitoblari tizimi bilan ham ishlashga moslashtirilgan bo’lishi lozim.
Majmua bilan qorishiq tizimlar byudjet ijrosining to’liq masshtabli, avtomatlashgan va 
operativ buxgalterlik hisobiga asoslangan, birlamchi hujjatlar, jumladan, bank tizimidagi 
to’lov hujjatlarni qayta ishlashda axborotlarni bir martada shakllantirishni ko’zda tutishi lozim 
(bu tizimga axborotlarni ikkilamchi kiritishda ma’lumotlar nomuvofiqligi va xatoliklarni 
istesno etadi).

Operatsion kun, hafta, oy, kvartal va yil mobaynida byudjet ijrosining asosiy 
jarayonlarini muvofiqlashtirish va sinxronlash.

turli darajadagi byudjetlar ijrosini bajaruvchi orginlarning yagona texnalogik axborot – 
kommunikatsion tizimini shakllantirish.

U yoki bu qorishiq muassasaviy tizimiga kiruvchi axborotlarni ularning o’zaro 
munosabatlashuvi jarayonida ishonchliligi – noqonuniy kirishdan yagona texnalogiyalash va 
elektron imzoni himoyalashda yagona texnalogiyani qo’llash.

G’aznachilikda avtomatlashgan axborot texnalogiyalarini shakllantirish va joriy etishda 
butun tizimni yoki uning yadrosini bo’lgani kabi, boshqa tizimlar joriy ishga umuman 
tegmagan holda aholida avtomatlashgan ish joylarini va ish joylaridagi alohida vazifalarni 
modefikatsiya o’tkazilishiga imkon beruvchi texnalogik va metodik qarorlarni qo’llash.

Shuningdek, Davlat va mahalliy byudjet ijrosining axborot tizimlari bilan o’zaro faol 
munosabatni qo’llab quvvatlash talab etiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin