Buxgalteriya hisobi va audit


Davlat budjeti g‘azna ijrosining zarurligi, ahamiyati va joriy etish bosqichlari



Yüklə 77,97 Kb.
səhifə3/4
tarix18.04.2023
ölçüsü77,97 Kb.
#99843
1   2   3   4
G’aznachilikning yagona axborot tizimi

3. Davlat budjeti g‘azna ijrosining zarurligi, ahamiyati va joriy etish bosqichlari
Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh etish strategiyasi O‘zbekiston Respublikasida DMB tizimini nazorat qilishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu strategiyadan kutilayotgan oraliq maqsad – DMB tizimida muhim jarayonlarni modernizatsiyalash bo‘lib, bugungi kunda islohotlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat
• zamonaviy markazlashgan g‘aznachilik tizimini shakllantirish
• yangi budjet tasnifi va buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasiga asoslangan yagona budjet va hisob tizimini yo‘lga qo‘yish
• o‘rta muddatli budjet strategiyasini va dasturiy budjetlashtirishni joriy qilish
• budjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida budjet faoliyatini rivojlantirish
• davlat budjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlash asosi sifatida soliq siyosatini yanada takomillashtirish va sh.k.
2007 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-721-son Qarori (01.11.2007) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi. Umuman olganda, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlarni amalga oshirish maqsadlariga hukumatimiz tomonidan ajratilgan mablag‘lardan tashqari, Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit mablag‘lari, Yaponiya hukumati tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri – budjet tizimining to‘liq shaffofligini ta’minlash maqsadida budjet mablag‘larini ularning oluvchilariga etkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, budjetlararo munosabatlar samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi budjetlarning hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning daromad va xarajatlari hisobraqamlarini G‘aznachilikka o‘tkazishdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini O‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat 9 moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. G‘aznachilik tizimi davlat budjetini ijro etishning samarali va amaliy mexanizmi hisoblanib, unda davlat daromadlari va xarajatlari bo‘yicha barcha operatsiyalar G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi. Muhtaram Prezidentimiz bu borada shunday degan edi: “Davlatning hazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan boylik qaerda saqlanadi, kim uni himoyalaydi? Albatta, Moliya vazirligi. Shu ma’noda, agar menga qolsa, Moliya vazirligini Hazina vazirligi deb atagan bo‘lardim”1 . Budjet ijrosining g‘aznachilik tizimi deganda davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari to‘planadigan va ushbu mablag‘lar doirasida aniq belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g‘azna hisobraqam orqali davlat budjetini ijro etish hamda davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi. G‘aznachilik budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi, mol etkazib beruvchilar tomonidan ularga mahsulotlar etkazib berilganidan va xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng, budjetdan mablag‘ oluvchilarning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan G‘aznachilik vakolatni o‘z zimmasiga oladi va budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim qilingan hujjatlar asosida to‘lovni amalga oshiradi. G‘aznachilik tizimining rivojlanishi budjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlashtiradi, yangi sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag‘larini yagona davlat hazinasida jamlashga qaratiladi. Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G‘aznachilik ham alohida muhim o‘rin egallaydi. G‘aznachilik - budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va budjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun g‘aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig‘iga binoan vakolatni o‘z zimmasiga oladi va budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to‘lovlarni amalga oshiradi.
XULOSA
Ma’lumki, 2015 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2014 yil yakunlari va 2015 yil istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’ruza qildilar va unda bugungi kundagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolar ochib berildi hamda taraqqiyot dasturlarining eng muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur bitiruv malakaviy ishda asosan ana shu ustuvor vazifalarni bajarishda davlat moliyasini boshqarish organlarining o‘rni, ahamiyati, davlat moliyasini isloh qilish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining muhim tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan G‘aznachilik organlarining davlat mablag‘larini boshqarishdagi faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rganildi. Izlanishlarimiz asosida shakllangan hulosalarimiz quyidagilardan iborat: Birinchidan, XX asrning oxirgi 10 yilida bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish davrida mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish maqsadida davlatning iqtisodiyotdagi roli oshib bordi va u ko‘pchilik iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarni o‘z zimmasiga oldi. Bu esa professional davlat xizmatini shakllantirish va barcha davlat boshqaruvi strukturalarini mustahkamlashni talab etdi. XXI asrning dastlabki 10 yillariga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangidash sharoitidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan islohotlar davlat moliyasini boshqarish tizimini ham qamrab oldi. Bu boradagi islohotlar bir qancha yo‘nalishda, ya’ni budjet-soliq qonunchiligini takomillashtirish, budjet hisobi va hisobotini mustahkamlash, yangi budjet tasnifini takomillashtirish, budjet ijrosining g‘aznachilik tizimini shakllantirish va uning tashkiliy, huquqiy, metodologik, texnik va texnologik asoslarini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda va bu jarayonning 2020 yillargacha davom etishi ko‘zda tutilmoqda

Yüklə 77,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin