Buxgalteriya hisobi va audit


Mahalliy budjetlar g‘azna ijrosini samarali tashkil etish yo‘llari



Yüklə 77,97 Kb.
səhifə2/4
tarix18.04.2023
ölçüsü77,97 Kb.
#99843
1   2   3   4
G’aznachilikning yagona axborot tizimi

2.Mahalliy budjetlar g‘azna ijrosini samarali tashkil etish yo‘llari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 1 noyabrdagi PP-721 sonli Qaroriga muvofiq ravishda mamlakatimiz hududlarida “Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha negizida amaldagi davlat moliya tizimining faoliyatini yorituvchi informatsion tizimni takomillashtirish ko‘zda tutilgan. 2009-2012 yillar mobaynida nomi yuqorida keltirilgan qarorga muvofiq mamlakatimizda “Davlat moliya tizimini boshqarishning informatsion tizimi” deb nomlangan zamonaviylashtirilgan amaliy dastur bilan ta’minlash amalga oshirildi. Mazkur dastur yordamida butun respublikamiz hududida g‘aznachilik faoliyati nuqtai nazaridan davlat budjetining ijrosini, shu jumladan, uning daromadlari qismini ta’minlash bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olishga imkoniyat yaratiladi. Ayni vaqtda hozirgacha amal qilib kelayotgan, turli darajadagi budjetlar uchun birdek ochiq bo‘lgan tranzit tarzida harakatlanishi mumkin bo‘lgan daromad (tushum)lar kirim qilinadigan maxsus hisob-kitob raqamlari yopilib, ularning o‘rniga “Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturi bo‘yicha davlat budjetining daromadli qismiga kelib tushadigan tushumlar uchun alohida shaxsiy schyotlar ochilishi joriy etildi. Moliya vazirligi G‘aznachiligi hamda uning joylardagi hududiy bo‘linmalarining funktsional faoliyatini amaliy va normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash uchun tegishlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi o‘z zimmasiga yuklatilgan funktsional faoliyatni amalga oshirish davomida joriy qonunchilik 50 talablariga, shuningdek, ayni turdagi faoliyatga taalluqli jahon standartlariga muvofiq ish yuritilishi ta’minlanadi. G‘aznachilikning joriy paytdagi tashkiliy tuzilmalari “Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining amaliyotga bevosita tadbiq etilish vaqtiga kelib ma’lum darajada optimallashtiriladi. Buning uchun mavjud tizim negizida moddiy-texnik, informatsion va kadrlar bilan ta’minlanish jihatlaridan muayyan yangilanishlar qilinadi. Davlat budjeti daromadlari bo‘yicha g‘azna ijrosini tashkil qilishni amalga oshirish borasida joylardagi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan quyidagi ustuvor vazifalar bajarilishi lozim:  davlat budjetiga kelib tushgan mablag‘larni ajratib berilishi lozim bo‘lgan turli darajadagi budjetlarning hisob-kitob raqamlariga o‘tkazib berish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish;  davlat budjetining daromad qismi bo‘yicha g‘aznachilik funktsiyalarining bajarilishi yuzasidan tegishlicha hisobotlar tayyorlash va buxgalterlik hisobotlari olib borish, bajarilgan barcha funktsional jarayonlarga taalluqli ma’lumotlarni G‘aznachilikning Bosh kitobida aks ettirib borish;  davlat budjetining daromadlari qismi, davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganib chiqib tahlil qilish va olingan natijalarni mutasaddi davlat tashkilotlari (davlat soliq va bojxona organlari)ga taqdim etish;  davlat budjetining daromad qismiga soliq va boshqa xil majburiy to‘lovlarning tushirilishi, me’yoridan ortiqcha ushlanib qolingan soliq va boshqa xil majburiy to‘lovlar summasining qaytarib berilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tegishlicha ma’lumot tayyorlash;  “Bank - G‘aznachilik” dasturi orqali Yagona g‘azna hisobraqamiga budjetning kirim qismiga tushiriladigan tushumlarni qabul qilib olish operatsiyalarini bajarish; 51  moliya masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi davlat organlariga turli darajadagi budjetlarning kirim qismiga tushayotgan mablag‘lar haqida ma’lumotlar berib borish;  joriy qonunchilik normalariga muvofiq davlat budjetining daromadli qismiga tushiriladigan mablag‘lar bilan ishlashga doir boshqa xil operatsiyalarni bajarish. Ma’lumki, “Davlat moliyasini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish yo‘nalishlaridan biri sifatida budjet tasnifi, budjet hisobi va hisobotini takomillashtirish belgilangan. Budjet tasnifi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro qilish, shuningdek Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil11 oktyabrda 2146- son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq, yangi budjet tasnifi 2011 yil 1 yanvardan amalga kiritildi. Ushbu yo‘riqnomaga ko‘ra, budjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalari guruhlanishi bo‘lib, davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi

Yüklə 77,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin