O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI BHA-99-2 GURUHI TALABASI PARDABOYEV BOBUR ERKIN O’G’LINING “G’AZNACHILIK” fanidan G’aznachilikning yagona axborot tizimi mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI O’qituvchi: Abdurasulov Murodjon
Toshkent-2023
M U N D A R I J A
K I R I SH
1. G‘aznachilik yagona axborot tizimining takomillashuvi. . .2. Mahalliy budjetlar g‘azna ijrosini samarali tashkil etish yo‘llari
3. Davlat budjeti g‘azna ijrosining zarurligi, ahamiyati va joriy etish bosqichlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.G‘aznachilik yagona axborot tizimining takomillashuvi Hozirgi kunda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisob-kitob raqami hamda hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari uchun ochilgan hisob-kitob raqamlari orqali amalga oshirilmoqda. Bunday tartibda faoliyat yuritish uchun uslubiy va texnikaviy asos vazifasini “G‘aznachilik” deb nomlangan maxsus majmuaviy dastur xizmat qilmoqda. “Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining turli modullari orasida tegishli informatsiyalar bilan almashinuv jarayonlari modullararo mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu mexanizmlar paketning o‘zak qismida hamda modul tizimining alohida sozlash tizimlarida joylashtirilgan. Modul paketining o‘zak qismi normativ-spravochnik tipidagi informativ blokka ham ega. Ushbu informativ blok negizida bajariladigan operatsiyalar klassifikatori, G‘aznachilik hamda bank bo‘linmalari haqidagi spravochniklarda saqlab qo‘yiladi. “Daromadlarni boshqarish” moduli yordamida davlat budjetiga kelib tushadigan soliq to‘lovlari va boshqa xil majburiy to‘lovlarning turlari va qaysi bir budjetga tushirilishi lozimligiga qarab ro‘yxatga olib borish, belgilab qo‘yilgan normativlarga muvofiq turli darajali budjetlarga tushiriladigan mablag‘larning kundalik taqsimlanishi haqida ma’lumotlar olish, Yagona g‘azna hisobraqamiga tushayotgan mablag‘lar haqidagi kundalik ma’lumotlarni jamlash, budjetga kundalik kelib tushgan soliq to‘lovlari va ularning taqsimoti haqida ma’lumotlar bilan tanishib borish mumkin bo‘ladi. 57 Davlat budjet(lari)ning kirim qismiga tushadigan mablag‘lar jumlasiga amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq joriy etilgan soliq to‘lovlari hamda boshqa xildagi majburiy to‘lovlar (ular haqidagi to‘liq ma’lumot “G‘aznachilik” dasturining spravochniklarida saqlanadi) kiritiladi. Soliq to‘lovchi sub’ektlar budjetga tushiriladigan mablag‘larni barcha bank bo‘linmalarida amalga oshirishi mumkin, o‘z navbatida mazkur bank bo‘linmalari qabul qilingan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahridagi Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazi (HKM) da ochilgan YaG‘HR ga tegishli maxsus hisob-kitob raqamiga o‘tkazib berishi lozim bo‘ladi. Budjetga to‘lanadigan to‘lovlar naqd pul ko‘rinishida yoxud pul o‘tkazish yo‘llari bilan amalga oshirilishi mumkin. To‘lov operatsiyalari pul o‘tkazish yo‘li bilan bajarilganida zimmasidagi majburiyatlarini bajaruvchi sub’ektning zarur rekvizitlari (daromadlar kirim qilinadigan shaxsiy hisob-kitob raqamining kodini, soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (INN), kirim operatsiyalarining administratori (DSI, Bojxona organi)ning kodini, to‘lovlar qachon amalga oshirilgani haqidagi ma’lumot, YaG‘HRning hisob-kitob raqami ochilgan agent-bankning kodini) aks ettirilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining bo‘linmalari taklif etilayotgan modul tizimining sozlovchi mexanizmlariga qanday ish tartibiga sozlanganiga qarab agent-bank beradigan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yoki mexanik tarzda bajariladigan operatsiyalar yordamida qabul qilib olib, so‘ngra olingan ma’lumotlar tegishlicha tartibda ishlanganidan keyin turli darajali budjetlar bo‘yicha taqsimlab berishadi. Tushgan daromadlarni turli darajali budjetlar o‘rtasida taqsimlab berish operatsiyasi amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq daromadlarni budjetlar o‘rtasida taqsimlash normativlariga asoslanib tayyorlangan maxsus spravochniklarga tayanib avtomatik tarzda bajariladi. Mazkur spravochniklarga g‘aznachilik funktsiyasi hamda budjet operatsiyalarini bajarish bilan bog‘liq jarayonlarga taalluqli ma’lumotlarni kiritish tizim faoliyatiga “Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining tadbiq etilishi davrida amalga oshiriladi. Bunda amaldagi qonunchilikka asosan 58 davlat budjetining daromadiga tushiriladigan mablag‘larni turli darajali budjetlar orasida taqsimlab berish normativlari e’tiborga olinadi. Davlat budjetining kirim qismiga tushiriladigan mablag‘larni turli darajali budjetlar orasida taqsimlab berish jarayonlari amaldagi normativlarga mos ravishda bajarilishi, shuningdek, “Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining tegishli spravochniklari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘ladigan soliq summalarini to‘g‘ri belgilab berilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatmoq uchun G‘aznachilikning bo‘linmalarida mas’ul xodimlar tayinlanib, ular normativspravochnik materiallariga taalluqli o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib bormog‘i kerak. Davlat budjetining kirim qismiga tushiriladigan mablag‘lar G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgani haqida ma’lumot olinganidan keyin to‘plangan barcha daromadlar summasi haqidagi ma’lumotlar generatsiyalanib (bir erga jamlanib), tahlil qilinadi va shundan keyin jamg‘arilgan mablag‘lar darajasiga qarab tegishli budjetlar orasida taqsimlanadigan summalar miqdori aniqlanadi, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha muayyan operatsiyalar bajariladi, avtomatik tarzda G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan absolyut summalar hamda har xil budjetlarga ajratilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar shakllantirilib saqlab qo‘yiladi. Ushbu modul G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan mablag‘larni qayd qilish va ular bilan bog‘liq turli xil kassa operatsiyalarini bajarish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi: G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan kirimlar hisobini yuritish (jumladan, kundalik tartibda YaG‘H ga kelib tushgan summalar hamda turli xil budjetlarga qaerdan va kimning nomidan kelgani aniqlanmagan mablag‘lar haqidagi tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlash); belgilangan normadan ortiq miqdorlarda ilgariroq budjetga o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarib berish hamda turli xil budjetlarga qaerdan va kimning nomidan kelgani aniqlanmay qolgan mablag‘larni egasini aniqlab qaytarib berish; 59 soliqning biron bir turi bo‘yicha belgilangan normadan ortiq miqdorlarda budjetga o‘tkazilgan mablag‘larni boshqa turdagi soliq to‘lovlari bo‘yicha mavjud qarzdorlik hisobiga o‘tkazib tafovut o‘rnini qoplash (amalda bo‘lgan turli xil soliq to‘lovlari bo‘yicha balans hosil qilishga xizmat qiladi), shuningdek, tasniflanib ulgurilmagan kirimlarni turli xil darajadagi budjetlarga ajratib berish; mamlakat miqyosida yig‘iladigan soliq va boshqa xildagi majburiy to‘lovlarni turli darajadagi budjetlarga o‘tkazib berish imkonini beradi; eng muhimi shuki, to‘planadigan mablag‘larni bir xilda quyi darajali budjetdan yuqoridagisiga va aksincha, yuqori darajadagi budjetdan quyi darajadagi budjetlarga o‘tkazib bera oladi; o‘zaro hisob-kitoblarni qayd etish asosida barcha kassa operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qulaylik tug‘diradi, bunday imkoniyatning yaratilishi oqibat natijada aniq maqsadga yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish vaqtida tomonlarning o‘zaro hisobkitoblarini qayd etish imkonini beradi; dastur ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlab tuzatish imkonini ham beradi; budjetga kelayotgan kirimlarni hamda ularni qaytarib berish bilan bog‘liq kassa operatsiyalari bo‘yicha turlicha hisobot tayyorlanadi, shuni hisobga olib turib turli xil hisobotlarni tayyorlash mumkin bo‘ladi; modul tizimi negizida normativ-spravochnik ma’lumotlarini o‘rnatish va sozlash imkonini beradi (ushbu modul asosidagi funktsional vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun yuqorida aytib o‘tilgan spravochniklar tizimga kiritib qo‘yilishi kerak); modul tizimi negizida memorial orderlar haqidagi (jumladan, analitik buxgalteriya hisoblariga oid yozuvlar qayd etiladigan jamlangan (yig‘ilgan, terma) memorial orderlarning tuzilgan vaqti, qayd qilish raqami haqidagi tegishli ma’lumotlarni) spravochnik o‘rnatilishi mumkin; 60 buxgalteriya hisoblar rejasining tuzilishi bilan bog‘liq jarayonlar (xususan, budjetning kirim qismi bo‘yicha hisobga olinadigan barcha kassa operatsiyalarini bajarishga doir turli xildagi analitik materiallarning ro‘yxati)ga oid rasmiy yozishma materiallari bo‘yicha spravochnik o‘rnatishga imkon beradi.