Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#167110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTMI uslubiy korsatma Ekonometrika iqtisod buxgalteriya 3 kurs

1. TUSHUNTIRISH XATI

Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va uning zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan, bu bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va kasbiy malakasini shakllantirish shartlarini belgilovchi omil bo‘lib, o‘quv vazifalarini mustaqil ravishda bajarish, tizimli faoliyat yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlar, kelajakda mutaxassis sifatidagi o‘z faoliyatini samarali tashkil etishda katta ahamiyatga ega.


Davlat ta’lim standartlari bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish, ta’lim vazifalarini mustaqil bajarish uchun barqaror ko‘nikmalarni shakllantirish shartlarini belgilovchi omil sifatida talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etish zarurligiga asoslanadi.
Kredit-modul tizimida Davlat ta’lim standarti talablari va o‘quv rejasiga muvofiq talaba har bir fanni o‘zlashtirishi uchun ma’lum miqdordagi auditoriyadan tashqari mustaqil ishni bajarishi shartligi belgilangan. Talabalarning mustaqil ishlarining hajmi davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
Ekonometrika” fani bo‘yicha talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishining maqsadi - fanning asosiy bo‘limlarini, shuningdek talabaning ijodiy, tadqiqot faoliyati, mustaqillik, mas’uliyat va tashkilotchiligini rivojlantirish, ta’lim muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish va professional darajada bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.


Auditoriyadan tashqari mustaqil ishning vazifalari:

  1. Talabalarning olingan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini tizimlashtirish va mustahkamlash;

  2. Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;

  3. Tanqidiy fikrlashni, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini takomillashtirish va anglash qobiliyatini rivojlantirish;

  4. Tadqiqot qobiliyatini rivojlantirish, intellektual qobiliyatlarni shakllantirish;

  5. Talabaning darsdan tashqari mustaqil ishlash jarayonida to‘plangan va olingan materiallardan imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalanish.

Ekonometrika” fani bo‘yicha mustaqil faoliyat natijasida talaba:



  • Ekonometrika fani predmeti va metodining o‘ziga xos xususiyatlari; ommaviy hodisa, uning muhim belgilari; mikro va makro jarayonlar tahlilida qo‘llaniladigan ekonometrik usullar va modellar to‘g‘risida tаsаvvurgа egа bo‘lishi;

  • murakkab iqtisodiy tizimlar va jarayonlarni ekonometrik modellashtirish tamoyillarini, ishlab chiqarish funksiyalari, talab va taklifning ekonometrik modellarini amaliyotda qo‘llash usullarini bilishi vа ulаrdаn fоydаlаnа оlishi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasvirlashda ekonometrik usullardan, “eng kichik kvadratlar” usuli va trend modellaridan foydalanish, iqtisodiy o‘sish modellarini tuzish ko`nikmаlаrgа egа bo`lishi kеrаk;

  • jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati konikmalariga ega bo`ladi;

  • fan bo`yicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish konikmalariga ega bo`ladi;

  • berilgan topshiriqlar bo`yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko`nikmalariga ega bo‘ladi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin