Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Tiklanish qiymati
– bu asosiy vositalarning bank buxgalteriya ba-
lansida ularni qayta baholanishi hisobga olingan holdagi qiymati 
Front-ofis – 
bankning tarkibiy qismi bo„lib, qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari 
bilan bevosita muloqotda bo„lgan holda ularga barcha bank xizmatlari 
ko„rsatuvchi xodimlar guruhi. Ushbu guruhga Front-ofis boshlig„i 
rahbarlik qiladi. 
Foydali xizmat muddati
– bu bank tomonidan aktivlardan foyda-
lanish mo„ljallanayotgan davr (hisob-kitob davri) yoki ushbu aktivdan 
foydalanishdan bank qo„lga kiritishni kutayotgan ish va xizmatlar miqdori. 
Haqiqiy (real) qiymat
 
– 
bu aktivning joriy bozor qiymati yoki qo-
nunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shug„ullanish huquqiga 
ega bo„lgan mustaqil ekspertlar tomonidan aniqlanadigan qiymatidir. 
Emitent bank
– pul belgilarini, qimmatli qog„ozlar, to„lov hisob-
kitob hujjatlarini muomilaga chiqaruvchi bank. 
Yakuniy nazorat – 
amaliyot kun tugagandan so„ng, keyingi bank 
ish kunidan kechikmagan holda Front-ofis yoki mas‟ul ijrochi buxgalter 
va Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bajarilgan barcha bank 


274 
operatsiyalarining qonunchilikka mosligi va maqsadga muvofiqligini 
tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat;
Qadrsizlanishdan ko„riladigan (yoki ko„rilishi mumkin bo„l-
gan) zarar
– kreditning balans qiymati uning qoplanadigan qiymatidan 
oshib ketgan summa. Bu qarzdor kreditni to„liq summasi (asosiy qarz va 
foizlar)ni qaytara olmasligini va bank zarar ko„rishiga keltirishi mum-
kinligini bildiradi.
Qoplanadigan qiymat
– kreditning balans qiymati va kreditning 
dastlabki real foiz stavkasi bo„yicha diskontlashdan kutilayotgan pul 
oqimlarining joriy qiymatidan eng kattasi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin