Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

10.3. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi 
 
Bank faoliyatida asosiy vositalar bilan birga kam baholi va tez 
eskiruvchi buyumlardan ham keng foydalaniladi. Kam baholi va tez 
eskiruvchi buyumlar – bu xizmat muddati bir yildan ortiq bo„lmagan va 
xizmat muddatidan qat‟iy nazar bir donasi O„zbekiston Respublikasida 
o„rnatilgan eng kam ish haqining 50 baravarigacha qiymatga ega 
bo„lgan bank faoliyatida foydalaniladigan buyumlardir. Kam baholi va 
tez eskiruvchi buyumlarga kanselyariya va ofis buyumlari, turli xil blan-
kalar, pochta, hujjat markalari va boshqalar kiradi. Kam baholi va tez 
eskiruvchi buyumlarning hisobi sotib olish qiymati bo„yicha yuritiladi. 
Bunday buyumlarni sotib olishda avval buyum qiymatini to„lab berish 
orqali yoki qabul qilingandan so„ng to„lab berish orqali amalga oshiriladi.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar qiymatini oldindan to„lab 
berish orqali sotib olishda quyidagi provodkalar bajariladi.
Debet 19909 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar 
uchun to„langan mablag„lar». 
Kredit 10301 yoki 16103 – «Bankning vakillik hisobvaraqlari» 
yoki Kredit 20208, 20210 – «Mijozning hisobvarag„i». 
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning o„zi omborxonaga 
qabul qilinadi, bu operatsiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi: 


184 
Debet 19921 – «Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlar» Kredit 19909 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy 
boyliklar uchun to„langan mablag„lar». 
Agar dastlab buyumlar omborxonaga kelib tushib, to„lov keyin 
amalga oshirilsa, bu operatsiya quyidagicha hisobga olinadi: 
Debet 19921 – «Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlar» Kredit 29802 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy 
qiymatliklar uchun to„langan mablag„lar». 
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qiymati to„langanda: 
Debet 29802 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-
lar uchun to„langan mablag„lar». 
Kredit 10301, 16301 – «Bankning vakillik hisobvarag„i» yoki
20208, 20210 – «Mijozning hisobvarag„i». 
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonada foydala-
nishga berilganda, sotilganda, foydalanishga yaroqsiz holga kelganda 
hisobdan chiqariladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar foydala-
nishga berilganda quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: 
Debet 56406 – «Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari». 
Kredit 19921 – «Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlar». 
Foydalanishdagi va omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlarning saqlanishi ustidan nazorat olib boriladi. Ularning hisobi 
alohida jurnallarda yuritiladi. Omborxonadagi va foydalanishga topshi-
rilgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning saqlanishi va ularning 
haqiqatda mavjudligi ustidan nazorat olib boriladi. Buning uchun kami-
da yiliga bir marta inventarizatsiya o„tkaziladi. Agar moddiy boyliklar 
kamomadi aniqlansa, ularning qiymati aybdor va moddiy javobgar 
shaxslardan qonunchilikda o„rnatilgan tartibda undirib olinadi. Agar inven-
tarizatsiya davomida omborda hisobda bo„lmagan buyumlar aniqlansa, 
inventarizatsiya komissiyasi tomonidan narxi belgilanib, omborga kirim 
qilinadi va boshqa foizsiz daromadlar hisobvarag„iga o„tkaziladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin