189
lar, banklarning asosiy vositalarini tugatish yoki sotishdan olgan daro-
madlari kiradi.
Shunday qilib, tijorat banklarning daromadlari va ularning manba-
larini bank faoliyatiga qarab, tijorat banklari
amalga oshiradigan ope-
ratsiyalar nuqtayi nazaridan ko„rib chiqish mumkin.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasiga asosan bankning barcha
daromadlarini foizli, foizsiz va boshqa daromadlarga bo„lish mumkin.
Banklarning daromadlarini hisobga olish uchun tijorat banklari hi-
sobvaraqlar rejasining 4-bo„limida bir qator asosiy va subhisobvaraqlar
ochilgan. Hisobvaraqlar rejasidagi daromadlar bo„limining boshida
quyidagi hisobvaraqlar keltirilgan:
40200 – O„zR. Markaziy bankidagi hisobvaraqlar bo„yicha
foizli
daromadlar.
Bu hisobvaraq o„z ichiga ikkita hisobvaraqni oladi:
40201 – O„zR. Markaziy bankning vakillik hisobvarag„i bo„yicha
foizli daromadlar.
40205 – Markaziy bankdagi depozitlar bo„yicha foizli daromadlar.
Bundan tashqari, bank daromadlarini hisobga olish uchun juda ko„p-
lab hisobvaraqlar yuritiladi, bu hisobvaraqlarning ba‟zilarini keltiramiz:
40400 – Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo„yicha foizli daromadlar.
40600 – Oldi-sotdi qimmatli qog„ozlar bo„yicha foizli daromadlar.
40700 – Sotishga mo„ljallangan qimmatli qog„ozlarga qilingan
investitsiya bo„yicha foizli daromadlar.
44100-Mijozlarning majburiyatlari bo„yicha foizli daromadlar.
41400 – 42600 hisobvaraqlarida hukumatga,
boshqa banklarga va
turli mulkchilik shaklidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit-
lar bo„yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hukumatga, boshqa banklarga va turli mulkchilik shaklidagi kor-
xonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo„yicha foizli daromadlar
hisobini yuritish uchun esa 43100-44600 hisobvaraqlari ochilgan.
Tijorat banklarining eng katta daromad
manbayi qisqa va uzoq
muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlaridir.
Banklarda kreditlar bo„yicha foizlar har kuni hisoblanadi va 16309 –
«Kreditlar bo„yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag„ida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: