Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


– hisobvarag„ining nomini eslab qoling, u amaliyotda



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

16309 – hisobvarag„ining nomini eslab qoling, u amaliyotda 
juda ko„p ishlatiladi, quyida ham bir necha marta bu hisobvaraqni 
ishlatamiz.


190 
Foizlar hisoblanganda, lekin hali undirilmagan holda quyidagi 
buxgalteriya provodkasi bajariladi:
Debet 16309 Kreditlar bo„yicha hisoblangan foizlar. 
Kredit 42xxx Mijozlarga berilgan qisqa muddatli kreditlardan 
olingan foizli daromadlar. 
42xxx – hisobvarag„i to„liq ravishda qisqa muddatli kredit qanday 
korxona yoki shaxslarga berilganiga qarab konkret belgilanadi. Masalan, 
qisqa muddatli kredit xususiy korxona, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarga 
berilgan bo„lsa, ularga foizli daromad hisoblansa, buxgalteriya provod-
kasi quyidagi ko„rinishda bo„ladi: 
Debet 16309 ............ 
 
Kredit 42602 Xususiy korxona, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarga 
berilgan qisqa muddatli kreditlar bo„yicha foizli daromadlar. 
Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi 
amalga oshiriladi.
Debet 20208 – Xususiy korxona, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlar-
ning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari. 
Kredit 16309 – 
Hisobvarag„ nomi ??? 
Shunday qilib, hisoblangan foizlar hisobvarag„i yopiladi. 
Uzoq muddatli kredilashda foizlar hisoblanganda va undirilganda 
tegishli daromad hisobvaraqlari ishlatiladi. Masalan: 
Debet 16309 Kreditlar bo„yicha hisoblangan foizlar 
Kredit 44600 Xususiy korxona, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarga 
berilgan uzoq muddatli kreditlar bo„yicha foizli daromadlar. 
Agan uzoq muddatli kredit yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan bo„lsa: 
Debet 
16309 .................... 
Kredit 44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq mud-
datli kreditlar bo„yicha foizli daromadlar. 
Foizlar summasi tadbirkorning talab qilinguncha saqlanadigan de-
pozitidan undirilganda: 
Debet 20218 – Yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlarning talab qi-
linguncha saqlanadigan depozitlari. 
Kredit 16309 – Kreditlar bo„yicha hisoblangan foizlar. 
Tijorat banklari qisqa va uzoq muddatli kreditlardan tashqari bosh-
qa faoliyatdan ham daromad ko„radi. Masalan, moliyaviy ijara, ya‟ni li-
zing bo„yicha, mijozlarning hisobvaraqlariga xizmat ko„rsatish bo„yicha, 
qimmatli qog„ozlar bilan amalga oshirilgan Repo operatsiyalari bo„yicha, 
bankning xususiy mulkini sotishdan va boshqa daromadlarni olishi mumkin.


191 
Tijorat banklari mijozlarning naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyala-
rini, jumladan inkasso operatsiyalarini bajaradi. Inkasso operatsiyalarini 
bajarganlik uchun haq to„langanda bu operatsiya quyidagi buxgalteriya 
o„tkazmasi asosida bajariladi: 
Debet 20200 – 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin