183
Agar asosiy vositalarning sotish qiymati qoldiq qiymatidan ortiq
bo„lsa, provodka quyidagicha bajariladi:
Debet 29802 «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar
uchun to„lanadigan mablag„lar» (sof tushum summasiga).
Kredit 19909 «Ko„rsatilgan xizmatlar tovar-moddiy boyliklar uchun
to„langan mablag„lar» (qoldiq qiymatiga).
Kredit 45909 «Bank mulklarini sotishdan olingan foyda» (Aktiv-
ning «sof tushumi» va «qoldiq qiymati» o„rtasidagi farq summasiga).
Asosiy vositalar xizmat qilish muddati tugashiga qaramasdan foy-
dalanishga yaroqli bo„lsa, bank ulardan foydalanishni davom ettirishi
mumkin. Bunda asosiy vositalar balans hisobidan chiqarilmaydi va eski-
rish summasi hisoblanmaydi. Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligi
va ularning to„liq saqlanishini nazorat qilish uchun bank tomonidan
davriy
ravishda, lekin kamida yilda bir marta inventarizatsiya
o„tkaziladi. Asosiy vositalarning ustidan nazorat jurnallarda,
kartochkalarda dasturiy yo„l bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: