Monopoliya, sof monopoliya, monopol mahsulot xajmini va monopol
Narxni aniqlash va monopol xokimiyat.
Raqotlashgan monopoliya, ishlab chiqarish xajmini va tovar narxini
Raqobatlashgan monopoliya sharoitida aniqlash.
Monopolistik bozor samarodorligi.
Oligopolik bozor va uning xususiyatlari.
Oligopolik bozor sharoitida narx belgilash.
Kurno modeli va Kurno muvozanati.
Sof monopoliya – bu bitta sotuvchi va ko’p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o’rninibosadigan tovar bo’lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo’lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo’lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo’lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi.
Oligopoliya – bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qiladi.
Monopol raqobat bozori to’liq raqobatlashmagan bo’lib, unda qatnashadigan firmalar soni ko’p bo’lib, ularning har biri o’z tovarlari narxini ma’lum chegarada nazorat qiladi, ya’ni ular kichik bo’lsa ham monopol hokimiyatga ega.
Monopsoniya – xaridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor.
Tarmoqga kirish to’siqlaridan quyidagilarni ko’rsatish mumkin.
1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko’rsatish, pochta xizmati ko’rsatish, kommunal xizmati ko’rsatish va aloqa xizmati ko’rsatish bo’yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to’siqlar yaratadi.
2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma’lum muddatgacha kuchga ega bo’ladi. AQSHda patent qonuniga ko’ra ixtirochi o’z ixtirosiga 17 yil egalik qiladi.
3. Biror bir ishlab chiqar ish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning «DeBirs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi hamma nopoliyani vujudga keltiradi.
Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo’ladi, qachonki u o’zining sotadigan tovari narxiga ta’sir qila olsa, ya’ni o’zgartira olsa.
Monopolist mahsulotiga talab. Raqobatlashgan bozorda firma maksimal foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa,
Bunday mahsulot hajmi optimal bo’ladi.
Monopol hokimiyat ko’rsatkichi.Raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo’lishi, maksimal foyda olishning zaruriy sharti edi. Monopol bozorda narx chekli xarajatdan yuqori belgilanadi . Anashu farq , ya’ni foydani maksimallashtiradigan narx bilan chekli xarajat o’rtasidagi farq monopol hokimiyatni o’lchash usuli bo’lishi mumkin. Monopol hokimiyatni xuddi ushbu usulda aniqlashni 1934 yilda iqtisodchi olim Abba Lerner tomonidan taklif qilinganligi uchun, bu ko’rsatgich Lernerning monopol ko’rsatkichi degan nomni olgan
,
bu yerda:
- monopol hokimiyatning Lerner indeksi;
- monopol narx;
- chekli xarajat;
- talabning narxga ko’ra elastikligi.
Masalan, benzinga talabning narx bo’yicha elastikligi -5 bo’lsa,
Benzin sotuvchi firmaning monopol hokimiyati 0,2 ga teng.
Monopol hokimiyatni xarakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko’rsatkich birinchi bo’lib Xerfindal-Xirshman tomonidan tavsiya etilgani uchun, u Xerfindal-Xirshman indeksi deb yuritiladi.
Firmalar bozordagi ulushiga ko’ra tartiblashtiriladi.
,
bu yerda: I - Xerfindal-Xirshmanindeksi;
- bozorda eng katta ulushga ega bo’lgan firma;
- undan keying kattalikdagi ulushga ega firma va hokazo;
-eng kichik ulushga ega bo’lgan firma.
Agar tarmoqda yagona firma bo’lib, uning mahsuloti tarmoq mahsulotini tashkil qilsa, q100% bo’ladi va bunday hol sof monopoliya bo’ladi, ya’ni Xerfindal-Xirshman indeksi ga tengdir.
Takrorlash uchun savollar Bozor turlari qanday aniqlanadi?
Raqobatlashmagan bozorlarda narx va ishlab chiqarish hajmi qanday aniqlanadi?
Litsenziya, patent, mualliflik huquqi raqobatga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Monopoliyaning jamiyat uchun foydali va zararli tomonlarini izohlab bering.