Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Ushbu operatsiyaning buxgalteriya yozuvlarini mustaqil baja-



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Ushbu operatsiyaning buxgalteriya yozuvlarini mustaqil baja-
rib ko„ring. 
Shu bilan birga bank mebel ba boshqa jihozlarini, transport 
vositalarini sotib olish, balansga qabul qilish bilan bog„liq buxgalteriya 
yozuvlarini hisobvaraqlar rejasidan foydalangan holda ko„rsating.
 
10.2. Amortizatsiya hisoblash tartibi 
 
Asosiy vositalar ishlatish davomida eskirib boradi. Asosiy vosita-
lar eskirishi ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan bosh-
lab hisoblanadi. Asosiy vositalarning amortizatsiya summasi ularning 
foydali xizmat qilish muddati davridagi oylar bo„yicha mutanosib 
ravishda bank xarajatlariga o„tkaziladi. Amortizatsiya hisoblar bir necha 
usulda amalga oshiriladi: 
1.
Bir tekisda to„g„ri chiziqli. 
2.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash. 
3.
Tezlashtirilgan. 
Asosiy vositalar ma‟lum muddat o„tgandan so„ng hisobdan chiqa-
riladi, ya‟ni ular to„liq jismoniy va ma‟naviy eskirganda, sotilganda, 
bepul berilganda, aktivdan foydalanishni to„xtatish haqida qaror qabul 
qilinganda hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda ularning qoldiq qiymati 
aniqlanadi. Bunda eskirish summasiga quyidagi provodka bajariladi:
Debet 165** «Asosiy vositalarning tegishli eskirish hisobvarag„i» 
(masalan: Mebel eskirishi-16535) 
Kredit 165** «Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag„i» 
(Mebel – 16531) 
Hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalarni sotishda bir qancha 
provodkalar amalga oshiriladi. Xaridor tomonidan asosiy vositalar olin-
gandan so„ng to„lov amalga oshirilganda: 
Debet 19909 «Ko„rsatilgan xizmatlar tovar-moddiy boyliklar uchun 
to„langan mablag„lar».
Kredit 165** «Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag„i». 
To„lov kelib tushgandan so„ng aktivning sotilish summasiga quyi-
dagi provodka bajariladi: 
Debet 10301, 16103 «Bankning vakillik hisobvaraqlari» yoki
20208, 20210 «Mijozning hisobvarag„i». 
Kredit 29802 «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar 
uchun to„lanadigan mablag„lar». 


183 
Agar asosiy vositalarning sotish qiymati qoldiq qiymatidan ortiq 
bo„lsa, provodka quyidagicha bajariladi: 
Debet 29802 «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar 
uchun to„lanadigan mablag„lar» (sof tushum summasiga). 
Kredit 19909 «Ko„rsatilgan xizmatlar tovar-moddiy boyliklar uchun 
to„langan mablag„lar» (qoldiq qiymatiga). 
Kredit 45909 «Bank mulklarini sotishdan olingan foyda» (Aktiv-
ning «sof tushumi» va «qoldiq qiymati» o„rtasidagi farq summasiga). 
Asosiy vositalar xizmat qilish muddati tugashiga qaramasdan foy-
dalanishga yaroqli bo„lsa, bank ulardan foydalanishni davom ettirishi 
mumkin. Bunda asosiy vositalar balans hisobidan chiqarilmaydi va eski-
rish summasi hisoblanmaydi. Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligi 
va ularning to„liq saqlanishini nazorat qilish uchun bank tomonidan 
davriy ravishda, lekin kamida yilda bir marta inventarizatsiya 
o„tkaziladi. Asosiy vositalarning ustidan nazorat jurnallarda, 
kartochkalarda dasturiy yo„l bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin