185
olingan nomoddiy aktiv boshlang„ich qiymati bo„yicha baholanadi va hi-
sobga olnadi. Nomoddiy aktivlarning hisobi 16601 hisobvaraq bo„yicha
yuritiladi. Nomoddiy aktivlarning analitik
hisobi har bir nomoddiy
aktivlar bo„yicha olingan alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
Nomoddiy aktivlar qiymatining oldindan to„liq yoki qisman to„la-
nishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 19909 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy
qimmat-
liklari uchun to„langan mablag„lar».
Kredit 10301,16103 – «Bankning vakillik hisobvarag„i yoki mijoz
hisobvarag„i».
Aktivlar kelib tushganda:
Debet 16601 – «Nomoddiy aktivlar».
Kredit 19909 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmat-
liklari uchun to„langan mablag„lar».
Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to„lovni
amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o„tkazmalari amalga oshiriladi:
Nomoddiy aktivlar kelib tushganda balansda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 16601 «Nomoddiy aktivlar».
Kredit 29802 «Ko„rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatlik-
lari uchun to„lanadigan mablag„lar hisob-kitobi».
Nomoddiy aktivlar qiymati to„langanda:
Debet 29802 «Ko„rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatlik-
lari uchun to„lanadigan mablag„lar hisob-kitobi».
Kredit 10301,16103 – «Bankning vakillik hisobvarag„i».
Nomoddiy aktivlar bepul olinganda quyidagi buxgalteriya o„tkazma-
si rasmiylashtiriladi. Bepul olingan nomoddiy aktivlar haqiqiy qiymatiga:
Debet 16601 – «Nomoddiy aktivlar».
Kredit 30905 «Tekinga olingan mulklar».
Foydalanishdan to„xtatilgan va hisobdan chiqarish uchun mo„ljal-
langan nomoddiy aktivlarning hisobi, aktivning
foydalanishdan chiqa-
rish sanasidagi ularnig balans qiymati bo„yicha hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda, qoldiq qiymat quyida-
gicha aniqlanadi:
Jamg„arilgan eskirish summasiga:
Debet 16545 «Nomoddiy aktivlarning yig„ilgan eskirish summasi»
(kontraktiv).
Kredit 16601 «Nomoddiy aktivlar».
186
Ushbu nomoddiy aktiv bo„yicha 31501-hisobvaraqda qolgan qol-
diq summasiga:
Debet 31501 «Boshlang„ich qiymatiga nisbatan qayta baholangan-
dagi qo„shimcha qiymat».
Kredit 31203 «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)».
Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar
sotilayotganda quyi-
dagi buxgalteriya provodkalari bajariladi:
Nomoddiy aktivlar jo„natilganday keyin xaridor tomonidan to„lov
amalga oshirilgan holda:
Debet 19909 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmat-
liklari uchun to„langan mablag„lar».
Kredit 16601 «Nomoddiy aktivlar».
To„lov kelgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari quyidagi ko„ri-
nishda bo„ladi:
Agar nomoddiy aktivlarning sotilish
bahosi qoldiq qiymatidan
yuqori bo„lsa:
Debet
Dostları ilə paylaş: