Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Bank daromadlarining turlari va ularni hisobga olish



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

10.6. Bank daromadlarining turlari va ularni hisobga olish 
 
O„zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to„g„risi-
da”gi Qonuniga asosan tijorat banklarining asosiy maqsadi – foyda 
olishdir. Tijorat banklari o„z faoliyatlari davomida juda ko„plab mijoz-
larga xizmat ko„rsatadi, turli xil operatsiyalarni bajaradi, bir qator xarajat-
larni amalga oshiradi. Buning natijasida ma‟lum miqdorda daromad oladi.
Shunday qilib, har bir tijorat banki o„z faoliyatini olib borishdan 
maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan bo„lib, o„z daromadlarini 
ko„paytirish yo„llarini tijorat banklari mustaqil ravishda belgilaydilar. 
Umuman, daromad – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
sohasidagi faoliyatdan keladigan pul tushumidir. Bozor munosabatlari 
sharoitida tijorat banklari ham boshqa xo„jalik yurituvchi subyektlar 
kabi bank faoliyatidan daromad oladilar. Tijorat banklarining daromad-
lari mijozlarga qisqa va uzoq muddatlarga berilgan kreditlar bo„yicha 
olinadigan foizlar, kreditlarning o„z muddatida qaytarilmagani uchun 
mijozlardan shartnomada ko„rsatilgani bo„yicha olinadigan yuqori stav-
kadagi foizlardir. Banklarning bu daromadlari barcha daromadlarining 
asosiy qismini tashkil etadi.
Bundan tashqari, tijorat banklari mijozlariga talab qilinguncha saq-
lanadigan depozit hisobvaraqlari, muddatli, jamg„armali depozit hisob-
varaqlari, valuta va boshqa hisobvaraqlar ochadi va yuritadilar. Bu 
hisobvaraqlar bo„yicha operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida mijoz-
larga turli xil xizmatlar ko„rsatib tegishli ravishda haq oladilar. Bu xiz-
matlari uchun oladigan daromadlari ko„pincha tijorat banki va mijoz 
o„rtasida hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarga xizmat ko„rsatish 
to„g„risidagi o„zaro tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Tijorat banklari kutilmagan daromadlar ham ko„rishi mumkin. 
Bunday daromadlarga bank kassalaridagi naqd pul mablag„larining 
ortiqcha chiqqan qismi, qarzdorlardan undirilgan turli jarima va penya-


189 
lar, banklarning asosiy vositalarini tugatish yoki sotishdan olgan daro-
madlari kiradi. 
Shunday qilib, tijorat banklarning daromadlari va ularning manba-
larini bank faoliyatiga qarab, tijorat banklari amalga oshiradigan ope-
ratsiyalar nuqtayi nazaridan ko„rib chiqish mumkin.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasiga asosan bankning barcha 
daromadlarini foizli, foizsiz va boshqa daromadlarga bo„lish mumkin. 
Banklarning daromadlarini hisobga olish uchun tijorat banklari hi-
sobvaraqlar rejasining 4-bo„limida bir qator asosiy va subhisobvaraqlar 
ochilgan. Hisobvaraqlar rejasidagi daromadlar bo„limining boshida 
quyidagi hisobvaraqlar keltirilgan:
40200 – O„zR. Markaziy bankidagi hisobvaraqlar bo„yicha foizli 
daromadlar. 
Bu hisobvaraq o„z ichiga ikkita hisobvaraqni oladi: 
40201 – O„zR. Markaziy bankning vakillik hisobvarag„i bo„yicha 
foizli daromadlar. 
40205 – Markaziy bankdagi depozitlar bo„yicha foizli daromadlar. 
Bundan tashqari, bank daromadlarini hisobga olish uchun juda ko„p-
lab hisobvaraqlar yuritiladi, bu hisobvaraqlarning ba‟zilarini keltiramiz: 
40400 – Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo„yicha foizli daromadlar. 
40600 – Oldi-sotdi qimmatli qog„ozlar bo„yicha foizli daromadlar. 
40700 – Sotishga mo„ljallangan qimmatli qog„ozlarga qilingan 
investitsiya bo„yicha foizli daromadlar. 
44100-Mijozlarning majburiyatlari bo„yicha foizli daromadlar. 
41400 – 42600 hisobvaraqlarida hukumatga, boshqa banklarga va 
turli mulkchilik shaklidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit-
lar bo„yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hukumatga, boshqa banklarga va turli mulkchilik shaklidagi kor-
xonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo„yicha foizli daromadlar 
hisobini yuritish uchun esa 43100-44600 hisobvaraqlari ochilgan.
Tijorat banklarining eng katta daromad manbayi qisqa va uzoq 
muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlaridir.
Banklarda kreditlar bo„yicha foizlar har kuni hisoblanadi va 16309 – 
«Kreditlar bo„yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag„ida aks ettiriladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin