Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bu hisobvaraqda mijozlarning qanday depozit-



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Bu hisobvaraqda mijozlarning qanday depozit-
lari hisobga olinadi? 
Kredit 45257 – Mijozlarning inkasso operatsiyalari bo„yicha ko„r-
satilgan xizmatlari uchun olingan daromadlar. 
Tijorat banklari kreditlar bo„yicha kafolat va kafilliklar berishi bo„-
yicha operatsiyalarni amalga oshirishda xizmat ko„rsatishi mumkin. 
Bunday xizmatlarni ko„rsatganligi uchun bank tomonidan belgilangan miq-
dorda haq undiriladi, bu haq ham bankning foizsiz daromadi hisoblanadi: 
Debet 20200 – 
Bu hisobvaraq nomini siz bilasiz.
Kredit 45261 – Kafolatlar va kafilliklar bo„yicha operatsiyalarni 
amalga oshirishda ko„rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar. 
Shunday qilib, biz bank daromadlari va ularni hisobga olish bo„yi-
cha bir necha misollarni ko„rib chiqdik. Bank juda ko„plab operatsiya-
larni bajaradi va xizmatlar ko„rsatadi, buning natijasida daromad oladi. 
Banklarning daromadlari va ularning turlari bo„yicha operatsiyalarni ba-
tafsil bilish uchun tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasini olib uning 
4-bo„limini o„rganib chiqish tavsiya etiladi. Bunda to„lanadigan hisobva-
raqlar debetlanadi, bankning tegishli daromad hisobvarag„i kreditlanadi. 
10.7. Bank xarajatlari va ularni hisobga olish 
Bank o„z faoliyatini to„laqonli yuritishi uchun xarajatlar qiladi. Ti-
jorat banklarining barcha xarajatlarini 3 guruhga bo„lish mumkin. Bular: 
– foizli xarajatlar; 

 
foizsiz xarajatlar;
 

 
operatsion xarajatlar. 
Foizli xarajatlar barcha majburiyatlar bo„yicha mijozlarga va bosh-
qa banklarga to„langan foizlar summasidan tashkil topadi. 
Tijorat banklari o„z kredit resurslari tashkil etish maqsadida talab 
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, jamg„armali hamda muddatli 
depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar tomonidan ma‟lum 
miqdorda belgilangan stavkada foiz ko„rinishida to„lov to„laydilar.
 
Banklar foizli xarajatlarining yana biri tijorat banklarining kredit 
operatsiyalari bilan bog„liq. Chunki tijorat banklari eng ko„p Markaziy 
Bankdan, boshqa tijorat banklaridan, budjetdan tashqari fondlardan, no-


192 
bank moliya institutlaridan kreditlar olishi mumkin. Olgan kreditlar 
uchun to„lanadigan foiz summalari foizli xarajatlarga kiradi. 
Bank xarajatlarining salmoqli qismi foizsiz xarajatlarga to„g„ri ke-
ladi. Banklarning foizsiz xarajatlariga bank xodimlariga maoshlar va 
qo„shimcha to„lovlar, xizmat safari xarajatlari, asbob-uskuna yoki bino-
larni ijaraga olish, xarid qilish xarajatlari kiradi. Banklar O„zbekiston 
Respublikasi Pensiya fondiga, O„zbekiston Respublikasi Aholini ish bi-
lan ta‟minlash davlat fondiga, O„zbekiston Respublikasi Ijtimoiy sug„urta 
fondiga o„tkaziladigan majburiy ajratmalar, jumladan bank xodimlariga 
mukofot hamda ko„p yil ishlaganlik uchun yoziladigan qo„shimcha yoki 
ustama to„lovlarni amalga oshiradi. 
Bank tomonidan pensiya fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug„urta va 
ixtiyoriy sug„urtaning boshqa turlari uchun o„tkazgan ajratmalari, 
qonunlarga muvofiq bank mulkini va bank xodimlarini davlat sug„urtasidan 
o„tkazish bo„yicha to„lovlar ham bankning foizsiz xarajatlariga kiradi. 
Bundan tashqari, banklarning foizsiz xarajatlariga bank sohasida 
malakali kadrlar tayyorlashda, ularning malakasini oshirish uchun 
sarflaydigan xarajatlari kiradi. Tijorat banklari oliy o„quv yurtlari bilan 
kelishilgan shartnomadagi mablag„larni to„lab bank sohasiga malakali 
kadrlar tayyorlash, Mintaqaviy o„quv markaziga va boshqa malaka 
oshirish institutlariga bank xodimlari malakasini oshirish bo„yicha 
xizmatlari uchun haq to„laydi.
Bundan tashqari, banklar qantselyariya tovarlari, kam baholi va tez 
eskiruvchi buyumlarni, maxsus adabiyotlar sotib olish, shuningdek bank 
faoliyatini amalga oshirishda zarur bo„ladigan maxsus nashrlarga obuna 
bo„yicha qilinadigan xarajatlari mavjud bo„lib, ular ham foizsiz xarajatlardir. 
Shunday qilib, banklar o„z faoliyati davomida operatsiyalarni baja-
rishda turli xil xarajatlar qiladi. 
Bank xarajatlari balansning 50000 hisob raqami bilan yuritiladi. 
Bu hisob raqam bir qancha hisob raqamlarni o„z ichiga oladi. Quyida bir 
nechta xarajatlar bo„yicha hisobvaraq nomerlarini keltiramiz: 
50100 – Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo„yicha 
foizli xarajatlar. 
50101 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag„lari asosidagi 
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo„yicha foizli xarajatlar. 
50103 – Respublika qaramog„idagi budjet tashkilotlarining budjet-
dan tashqari mablag„lari asosidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar bo„yicha foizli xarajatlari. 


193 
50104 – Mahalliy budjet qaramog„idagi budjet tashkilotlarining 
budjetdan tashqari mablag„lari asosidagi talab qilib olguncha depozitlari
bo„yicha foizli xarajatlari. 
50105 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilib olinguncha saq-
lanadigan depozitlar bo„yicha foizli xarajatlari. 
50106 – Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlari bo„yicha foizli xarajatlar. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin