197
56400 – hisobvarag„ida hisobga olinadigan ma‟muriy xarajatlari
ham serqirra bo„lib, bu xarajatlarga bank faoliyatini reklama qilish, kan-
selyariya, ofis, pochta, telefon, faks xizmatlaridan foydalanish, gazeta,
jurnallarga obuna bo„lish, bank uchun zarur blankalarni bosmaxonadan
chiqarish bilan bog„liq xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar ham yil oxirida
bank foydasi hisobidan yopiladi.
Bank o„z faoliyati davomida soliqlar to„laydi, prezentatsiya ishla-
rini tashkil etadi, asosiy vositalarning eskirishini hisoblab borib, uni xa-
rajatga o„tkazadi, sug„urta to„lovlarini to„laydi. Bankning bunday xara-
jatlari quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
56500 – Reprezentatsiya va xayriya.
56600 – Eskirish xarajatlari.
56700 – Sug„urta, soliq va boshqa xarajatlar.
56800 – Ko„rilishi mumkin bo„lgan zararlarni baholash.
56900 – Daromad solig„ini baholash.
Yuqorida keltirilgan operatsion xarajatlarning hammasi yil oxirida
bank foydasi hisobidan yopiladi.
Bankning operatsion xarajatlari bosh bank tomonidan belgilangan
smetalar chegarasida amalga oshiriladi. Umuman, bank xarajatlari turli-
tuman bo„lganligi sababli ularning barchasini keltirish qiyin, bunday xa-
rajatlarining har bir turini bank amaliyotida batafsil o„rganish mumkin.
Dostları ilə paylaş: