11.2. Bankning balans hisoboti
Yillik buxgalteriya hisoboti tarkibi, mundarijasi va uni taqdim
etish tartibi O„zbekiston Respublikasi banklarining alohida ko„rsatmalari
bilan belgilab qo„yiladi. Respublika tijorat banklari buxgalteriya balans-
larini nusxasini va boshqa shakldagi hisobotlarni O„zbekiston Respubli-
kasi Markaziy bankining tegishli departamentlariga taqdim etadi.
Hozirgi kunda banklar yil tugagandan so„ng «balans hisoboti»
deb
yuritiladigan hisobot tuzadi.
Balans ikki qismidan, ya‟ni aktiv va passiv
qismlardan iborat. Ak-
tiv va passiv tomonlarning o„zaro tengligi balans to„g„ri chiqarilganligi,
bank ish kuni to„liq yakunlanganligini bildiradi. Balansning aktiv to-
moni naqd pullar, Markaziy bank vakillik hisobvarag„i, xorijiy valutadagi
pul mablag„lari, majburiy zaxiralar fondi, qimmatbaho qog„ozlarga qo„-
yilmalar, kreditlar, sarmoyalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kabi
asosiy hisobvaraqlardan tashkil topgan. Passivlar qismi o„z ichiga depo-
zitlar, boshqa banklardan olingan kreditlar, bank chiqargan qarz majbu-
riyatlari, aksionerlik kapitali kabi hisobvaraqlarni oladi.
Endi bank balansi aktiv va passivlarining qisqacha tavsiflarini ko„-
rib chiqamiz. Aktivlar tavsifini «naqd pullar»dan boshlaymiz.
Naqd pullar – bank mablag„lari toifasi bo„lib, bankning to„lov fao-
liyatining ahvolini belgilaydi va mijozlarning naqd pulga bo„lgan talab-
larini qondirish uchun bankning mijoz oldidagi o„z majburiyatlarini ba-
jarish qobiliyatini ochib beradi.
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag„i bo„lib, unda ayni paytda
bankda mablag„lar borligi aks ettiriladi. Har qanday bankning hisob-
203
varag„i Markaziy bankda turadi va aktiv hisobvaraq hisoblanadi. Mab-
lag„ o„tkazish yoki mablag„larning tuzilishi bo„yicha bank amalga oshi-
radigan hamma operatsiyalar vakillik hisobvarag„ida aks ettiriladi.
Xorijiy valutadagi pul mablag„lari – tijorat banklarining valuta bo-
zoridagi operatsiyalari hajmini belgilaydi.
Majburiy zaxiralar fondi Markaziy bankdagi alohida hisobvarag„i-
da turadigan bank mablag„lari bo„lib, O„zbekistonning hamma tijorat
banklari tomonidan majburiy tartibda zaxiralanadi, bu esa tijorat banki-
ning likvidligini saqlab turishiga ma‟lum darajada kafolat bo„ladi. Maj-
buriy zaxiralar fondiga ajratmalarning foiz stavkalarini belgilash Marka-
ziy bank tomonidan o„tkaziladigan tijorat banklari likvidligini saqlab tu-
rishning eng ta‟sirchan mexanizmi hisoblanadi.
Qimmatli qog„ozlarga qo„yilmalarda – tijorat bankining fond bozo-
ridagi operatsiyalari aks ettiriladi va balans aktivining boshqa ko„rsat-
kichlari bilan taqqoslanganda, qimmatli qog„ozlar bilan bo„ladigan ope-
rasiyalarda bankning amaliy faolligini ifodalaydi. Tijorat bankining
qimmatli qog„ozlari emitentlar maqomiga qarab ikki toifaga bo„linadi:
• Hukumat yoki Markaziy bank chiqargan qimmatli qog„ozlar;
• xo„jalik yurituvchi subyektlar chiqargan qimmatli qog„ozlar.
Hukumat yoki Markaziy bank chiqargan qimmatli qog„ozlar yuqori
darajada likvidligi bilan ajralib turadi, ammo bu qog„ozlarning daromad-
liligi boshqa emitentlar chiqargan qimmatli qog„ozlarnikidan bir muncha
past bo„ladi.
Kreditlar – tijorat banklarining kreditga doir operatsiyalari bo„yicha
bank foyda olishining belgilovchi moddasi hisoblanadi. Balansda kredit
muddatlari va iqtisodiyotdagi xo„jalik yurituvchi subyektlarning qaysi
mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasniflanadi.
Sarmoyalar – bankning xo„jalik yurituvchi boshqa subyektlar, mo-
liya tashkilotlari faoliyatidagi ulushli ishtirokini ko„rsatadi. Bank sar-
moyalari korxona faoliyatini boshqarish yo„li bilan foyda, dividendlar
yoki boshqa turdagi daromad olish maqsadida bank turli loyihalarga
yo„naltirilgan mablag„lar hajmini ifodalaydi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining asosiy
moddalaridan biri hisoblanadi, chunki bank o„z faoliyatini tashkil qilish
uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart-sharoitga ega
bo„lishi lozim. Bankning asosiy vositalariga bino-inshootlariga, kapital
qurilish uchun bank tomonidan qilingan xarajatlar, ofis va ish mebeli, ji-
hozlar, kompyuter va boshqa hisoblash texnikasi, aloqa vositalari va
204
hokazolar kiradi. Markaziy bank belgilangan me‟yorlar tijorat bankining
kapital xarajatlari miqdorini bank aktivining 10 foiz miqdorida cheklaydi.
Endi bank balansining passiv qismidagi moddalar bilan tanishib
chiqamiz.
Bank balansining passiv qismi depozitlardan boshlanadi. Depozit-
lar – bankning boshqa subyektlardan xarid qilingan manbalarini ifoda-
laydi. Ular talab qilib olinadigan, jamg„armali va muddatli depozitlarga
bo„linadi. Talab qilib olinadigan depozitlardan tashqari barcha depozitlar
kredit resurslarining eng barqaror manbalaridan hisoblanadi. Jalb qilin-
gan manbalardan muddatli depozitlar ulushining oshishi qo„yimalarni
uzoqroq muddatga, shu bilan birga, yuqoriroq foiz bilan amalga oshirish
imkonini beradi, bu esa bankning omonatlar (depozitlar) bo„yicha foiz
xarajatlarni qisqartiradi va foyda olish hamda likvidlik manfaatlariga
xizmat qiladi.
Boshqa banklardan olingan kreditlar – tijorat bankning bo„sh mab-
lag„larini qayta taqsimlash borasida boshqa moliya muassasalari bilan
o„zaro munosabatlarini ifodalaydi. Ammo banklararo kreditlar bir to-
mondan boshqa mablag„larga nisbatan olishga osonroq hisoblangani
bilan, ikkinchi tomondan, eng qimmat kredit manbalarni sanaladi. Tijo-
rat bankining jalb qilingan mablag„larda banklararo kreditlari ulushining
kattaligi uning depozit siyosati yaxshi ishlab chiqilmaganligini ko„rsatadi.
Bank chiqargan qarz majburiyatlari moddasida tijorat banki tomo-
nidan chiqarilgan qarz majburiyatlari aks ettiriladi. Qarz majburiyatlarini
chiqarish bankka uzoq muddatli manbalarni bank uchun qulay tarzda
shakllantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu katta hajmdagi qarz
mablag„lari bank uchun qulay hisoblanadi, chunki uning pulini to„lab va
qaytarib olish sanasi oldindan ma‟lum bo„ladi, bu esa bankning to„lovga
noqobillik riskini kamaytiradi.
Bank passivlarining asosiy moddalaridan biri ustav kapitalidir. Ti-
jorat bankining ustav kapitali, bankning o„z mablag„lari hajmini ifoda-
laydi. Markaziy bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasi va tuzil-
masini tartibga solib turadi, bu esa bank operatsiyalarining daromadliligini
yaxshilaydi, umuman tijorat faoliyati muvaffaqiyatli bo„lishini ta‟minlaydi.
Bank tizimiga ishonchni mustahkamlash maqsadida O„zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tijorat bankining moliyaviy faoliyati sifa-
tini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib bormoqda. O„zbe-
kiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to„g„risida»gi qonu-
nining 42-moddasiga, shu bilan birga, «O„zbekiston Respublikasi Mar-
205
kaziy banki to„g„risida»gi va «Buxgalteriya hisobi» to„g„risidagi qonun-
larga muvofiq banklarning e‟lon qilinadigan hisobotlariga doir O„zbe-
kiston Respublikasi Markaziy bankining talablari to„g„risida Nizom ish-
lab chiqildi. Ushbu Nizomning ishlab chiqilishi Tijorat banklari yillik hi-
sobotlarining ochiq matbuotda e‟lon qilinishi dunyoda muayyan daraja-
da oshkoraligi bilan ajralib turadigan bank tizimini yaratish uchun dast-
labki qadam bo„ldi. Nizomga ko„ra barcha banklar o„z yillik hisobot-
larini, jumladan balans hisobotini matbuotda e‟lon qilishlari lozim. Bu
esa 1-sonli MHXSlari talablariga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |