184
Debet 19921 – «Omborxonadagi kam
baholi va tez eskiruvchi
buyumlar» Kredit 19909 – «Ko„rsatilgan
xizmatlar va tovar-moddiy
boyliklar uchun to„langan mablag„lar».
Agar dastlab buyumlar omborxonaga kelib tushib, to„lov keyin
amalga oshirilsa, bu operatsiya quyidagicha hisobga olinadi:
Debet 19921 – «Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlar» Kredit 29802 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy
qiymatliklar uchun to„langan mablag„lar».
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qiymati to„langanda:
Debet 29802 – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-
lar uchun to„langan mablag„lar».
Kredit 10301, 16301 – «Bankning vakillik hisobvarag„i» yoki
20208, 20210 – «Mijozning hisobvarag„i».
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonada foydala-
nishga
berilganda, sotilganda, foydalanishga yaroqsiz holga kelganda
hisobdan chiqariladi. Kam baholi va tez
eskiruvchi buyumlar foydala-
nishga berilganda quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 56406 – «Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari».
Kredit 19921 – «Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlar».
Foydalanishdagi va omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlarning saqlanishi ustidan nazorat olib boriladi.
Ularning hisobi
alohida jurnallarda yuritiladi. Omborxonadagi va foydalanishga topshi-
rilgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning saqlanishi va ularning
haqiqatda mavjudligi ustidan nazorat olib boriladi. Buning uchun kami-
da yiliga bir marta inventarizatsiya o„tkaziladi. Agar moddiy boyliklar
kamomadi
aniqlansa, ularning qiymati aybdor va moddiy javobgar
shaxslardan qonunchilikda o„rnatilgan tartibda undirib olinadi. Agar inven-
tarizatsiya davomida omborda hisobda bo„lmagan buyumlar aniqlansa,
inventarizatsiya komissiyasi tomonidan narxi belgilanib, omborga kirim
qilinadi va boshqa foizsiz daromadlar hisobvarag„iga o„tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: