Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bosh kitob – hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraq- lari qoldiqlarining ro„yxati  Buxgalteriya hisobi registrlari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Bosh kitob
– hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraq-
lari qoldiqlarining ro„yxati 
Buxgalteriya hisobi registrlari
– ikkiyoqlama yozuv usulida ope-
ratsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlan-
gan blanklar. 
Bek-ofis – 
bankning tarkibiy qismi bo„lib, Front-ofis tomonidan 
dastlabki nazoratdan o„tgan va ijro uchun taqdim qilingan ope-
ratsiyalarni joriy nazoratdan o„tkazish va bank operatsiyalarini amalga 
oshiruvchi buxgalterlar guruhi. 
Bank depoziti – 
bank mijozi-yuridik yoki xususiy shaxs tomoni-
dan bankka saqlash uchun qo„yilgan pul mablag„lari; ular bank hisobo-
tida passiv sifatida ko„rsatiladi. 
Bank kafolati – 
mijozning iltimosiga
 
ko„ra tijorat banki tomoni-
dan bo„nak (avans) sifatida summani kontrakt shartlari bo„yicha bajarish 
va kafolatlash. Bank kafolati berilishida kafolat majburiyatining maz-
muni bankning o„z farmoyishi bilan so„zsiz tartibda qarzdor tashkilot-
ning hisobdan uning summasini kafolat tashkilot hisobidan qoplash yo„li 
bilan yoki u tashkilotga taalluqli bo„lgan pullarni undirish yo„li bilan 
ssudani qoplash huquqidan iboratdir. 
Bank krediti –
foiz to„lash sharti bilan banklardan beriladigan pul 
vositasi. Qisqa muddatli, o„rta muddatli, uzoq muddatli, shuningdek, to„-
lanuvchi ssudalar, hisob veksellari, tovar hujjatlariga asoslangan ssuda, 
qimmatli qog„ozlar, investitsiya ssudalari farqlanadi.
Banklardagi operativ hisobot –
buxgalter hisobida aks etmaydi-
gan yoki uning boshqa qismida aks etadigan pul, hisob-kitob, kredit ope-
ratsiyalari va alohida ko„rsatkichlarning tizimdan tashqaridagi hisoboti.
Banklarning passiv operatsiyalari – 
shunday operatsiyalarki, 
banklar ular vositasida kredit va boshka aktiv bank operatsiyalarini 
o„tkazish uchun o„z resurslarini tashkil qiladilar.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin