Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Dastlabki nazorat – 
Front-ofis yoki mas‟ul ijrochi buxgalter to-
monidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos 
ekanligini aniqlash bo„yicha amalga oshiriladigan nazorat; 
Devidend – 
deb ataluvchi daromad aksionerlarga ularning qo„li-
dagi aksiyalar soniga muvofiq to„lanadi. 
Debitor
– qarzdorlar, to„lovchi shaxs yoki korxona; fuqarolik hu-
quqiga shartnomadagi yoki boshqa majburiyatnomadagi qarzdor.
Debitorlik qarzi
– korxona, tashkilot, muassasalar bilan o„zaro 
xo„jalik munosabatlari natijasida jismoniy va yuridik shaxslar (debitor-
lar)dan olinadigan tegishli qarzlar miqdori. Debitorlik qarzi xo„jalik 
yurituvchi mazkur subyektning oborotidagi pul mablaglaridan ma‟lum 
qismini jalb etish jarayonini va ularning debitorlar tomonidan foydala-
nishini aks ettiradi.


271 
Jamg„arma sertifikatlari
– bu bank tomonidan chiqariladigan va 
uni egasiga oldindan shartlashilgan vaqtda belgilangan summani olish 
huquqini beruvchi qimmatli qog„ozdir.
Yordamchi kitob
– bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shax-
siy hisobvaraqlar, shuningdek, alohida mablag„lar turi va qimmatliklar 
bo„yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar
Joriy nazorat – 
Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan 
Front-ofis yoki mas‟ul ijrochi buxgalter ma‟qullagan barcha bank ope-
ratsiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan 
amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat pul hisob-kitob hujjatlarining 
asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini tekshirishni ham o„z 
ichiga oladi;
Inflyatsiya – 
mamlakat iqtisodiyotida iste‟mol tovarlari va xizmat-
lari narxlari umumiy darajasining o„sishi. 
Imtiyozli aksiyalar – 
oddiy aksiyalar singari firmani, korxona-
ning kapitalini bir qismiga egalik qilish huquqini beradi, ammo uning 
egasi boshqaruvda ishtirok etish huquqini bermaydi. 
Inkasso
bank operatsiyasi turi; bank mijozining topshirig„iga 
ko„ra unga tegishli pul miqdorini haq to„lovchi korxonalardan hisob-
kitob hujjatlari asosida ular manziliga jo„natilgan mollar va xizmat 
uchun qabul qilib oladi va mijozning bankdagi hisobvarag„iga o„tkazadi.
Kredit 
– iqtisodiy kategoriya bo„lib, u vaqtincha o„z egalari qo„li-
da bo„sh turgan pul mablag„larini boshqalar tomonidan ma‟lum muddat-
ga haq to„lash shcharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan 
kelib chiqadigan munosabatlarni bildiradi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin