Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Muddatli kredit
– kredit shartnomasiga ko„ra to„lav muddati hali 
yetib kelmagan ssudadir.
Muddati uzaytirilgan kredit
– ayrim hollarda kreditni qaytarish 
muddati kelmasdan avval qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan iqti-
sodiy asoslangan yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish mudda-
tini keyinroqqa surilishi to„g„risida filial kredit komissiyalari qarorlari 
asosida Bosh bank kredit qo„mitasi bilan kelishilgan holda ijobiy qaror 
qabul qilingan qarzlar.
Muddati o„tgan kreditlar
– kredit shartnomasida belgilangan 
qaytarish muddati, shuningdek, garchi ularning muddati uzaytirilgan 
bo„lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir. Muddati o„tgan kre-
ditlar iqtisodiy mohiyatiga ko„ra qayta rasmiylashtirilgan hisoblanadi, 
chunki kredit shartnomasida muddati o„tkazib yuborilganligi uchun 
oshirilgan foiz stavkalarini qo„llash ko„zda tutiladi.
Nazoratchi buxgalter – 
mas‟ul ijrochi buxgalter tomonidan dast-
labki nazoratdan o„tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazorat-
dan o„tkazib amalga oshiruvchi buxgalter; 


273 
Obligatsiyalar –
zayom oluvchilarni (emitentini) va kreditlarni 
(investorni) munosabatlarini rasmiylashtiruvchi qimmatli qog„oz bo„lib, 
emmitentini belgilab pul summasini kelishilgan vaqtda to„lash shartini 
ifoda qiladi. 
Overdraft
– kontokorrent hisob raqamining maxsus shakli hisob-
lanadi. Uning o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, bank mijozning 
asosiy “talab qilib olinguncha” depozit hisob raqamida qisqa muddat 
mobaynida debetli (qoplanmagan) qoldiq bo„lishiga ruxsat beradi. Over-
draft hisob raqamidan foydalanish huquqi eng ishonchli mijozlargagina 
beriladi. 
Real foiz stavkasi
– moliyaviy aktivning mo„ljallangan xizmat 
muddati davomida yoki maqbul bo„lgan holda, qisqaroq davrda kutila-
yotgan kelgusi pul to„lovlari yoki tushumlari oqimlarini uning sof balans 
qiymatigacha aniq diskontlaydigan stavka; 
Rezerv kapital
– aksionerlik jamiyati va boshqa tashkilotlarning 
xususiy valutalarining bir qismi bo„lib, ular foydadan chegirmalar hiso-
biga xosil bo„ladi. Ular, asosan, operatsion faoliyatlarda sodir bo„ladigan 
yo„qotishlarni to„ldirish, asosiy kapital va daromad yaxshi bo„lmagan 
holda ham dividend to„lash hisoblarida qo„llaniladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin