Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Banklarning fond operatsiyalari –



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 
Banklarning fond operatsiyalari – 
qimmatbaho qog„ozlar orqali 
banklarning operatsiyalari. Masalan, qimmatli qog„ozlarni, garov sifati-
da ushlab turish; qimmatli qog„ozlarni oldi-sotdisi bilan mijozning xohi-
shiga ko„ra shug„ullanish. 
Banknotlar –
bank biletlari-markaziy emissiya banklari tomoni-
dan chiqariladigan pul belgilari. Hozirgi kunda ular qog„oz pullarning 
asosiy turi hisoblanadi.


270 
Bank kredit siyosati 
– kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risk-
lari boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar 
va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kredit-
lash portfelini samarali boshqarishga doir ko„rsatmalar bilan ta‟min-
lovchi hujjatdir. 
Bank krediti
– bu moliya muassasalari (banklar, fondlar, tashkilot 
va uyushmalar) tomonidan har qanday xo„jalik subyektlari (tadbirkorlar, 
korxonalar, tashkilotlar va boshqalar) ga pul shaklida, ssuda tarzida beriladi. 
Banklararo kreditlar
– bank kreditining keng tarqalgan shakllari-
dan biri. Banklararo kreditning joriy stavkasi ma‟lum bir tijorat bank-
ning boshqa turdagi ssudalar berish siyosatini aniqlab beruvchi muhim 
omil hisoblanadi. Bu normaning aniq miqdori Markaziy bank tomonidan 
belgilanadi. 
Benefitsiar bank
– bu to„lov operatsiyasini yakunlovchi bank. 
Bank emitent 
– operatsiyalarni boshlab beruvchi bank. 
Vakillik hisobvarag„i 
– bir bankning boshqa bankda ochgan 
hisobvarag„i. 
Vakolatli banklar
– Moliya kredit tashkiloti bo„lib, ular hoki-
miyat organlari tomonidan ma‟lum operatsiyalarni o„tkazish uchun max-
sus ruxsatnoma olgan bo„ladi. Moliya kredit tashkiloti bo„lib, xalqaro 
valuta-kredit tashkilotlarida o„z mamlakati hukumati manfaatlarini hi-
moya qiladi. 
Valuta – 
bu xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladigan u yoki bu 
mamlakat milliy pul birligida ifodalangan to„lov hujjatlari va pul majbu-
riyatlaridir. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin