Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


IV BOB. Banklarda mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

IV BOB. Banklarda mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi 
 
4.1. Mijozlarga depozit hisobvaraqlar ochish tartibi 
 
“Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari aholi va yuridik 
shaxslar hisob raqamlaridagi mablag„lar miqdoridan 2 barobardan ham 
ortiq bo„lib, bu ularning to„liq himoyasini va to„lovlarning o„z vaqtida 
amalga oshirilishini kafolatlaydi.”
4
Bu o„z navbatida bosh pul mablag„-
larni banklarda saqlashga zamin yaratadi. “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
tashkil etish” haqidagi Markaziy bank ko„rsatmalariga asosan mulkchi-
lik shaklidan qat‟iy nazar, har bir korxona, tashkilot va muassasalar o„z 
faoliyatlarini boshlashdan avval tijorat banklarining birida talab qilin-
guncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochishlari lozim. Bu mi-
jozlarga bankda ochilgan bank hisobvarag„i hisoblanadi.
Bank hisobvarag„i – bank hisobvarag„i shartnomasini tuzish 
orqali bank mijoz hisobvarag„iga kelib tushgan pul mablag„larini 
qabul qilish va shu hisobvarag„ga kiritish, mijozning hisobvarag„i-
dagi tegishli mablag„larini o„tkazish hamda hisobvaraq bo„yicha 
boshqa operatsiyalar bajarishi to„g„risidagi farmoyishlarini baja-
rish vazifasini o„z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz 
o„rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir. 
Bank hisobvarag„ini ochish O„zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan 2009-yil 16-mart 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
„„O„zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari 
to„g„risidagi yo„riqnoma (Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda davlat 
ro„yxatidan o„tkazildi) va unga kiritilgan o„zgarishlar asosida tashkil etiladi. 
Bank hisobvarag„i shartnomasi bo„yicha yuzaga keladigan muno-
sabatlar O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga soli-
nadi. Mijozlar hisobvaraqlari bo„yicha operatsiyalar o„tkazish tartibi 
Markaziy bankning me‟yoriy hujjatlarida belgilab qo„yiladi. Bu hujjat-
larga amal qilish ularni qo„llovchi barcha tomonlar uchun majburiydir.
Bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo„linadi:


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin